G`oyaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitet

G`oyaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitet

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida yaqinda “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobini o`rganishga bag`ishlangan anjiman bo`lib o`tdi.

O`zbekiston musulmonlar idorasi, Toshkent Islom instituti, “Yoshlik” Talabalar shaharchasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan davra suhbatida dinshunos olimlar, O`zMU talabalari, pedagog xodimlar, yosh tadqiqotchilar va boshqalar ishtirok etdilar.

Toshkent islom instituti tashabbusi bilan Aydarbek Tulepovning mazkur kitobi “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan. Unda aynan Internetdagi tahdidlar mavzusi chuqur tahlil etilgan.

Budungi kunda internet butun yer yuzini yagona axborot makoniga aylantirdi. Xo`sh, buning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari nimalardan iborat?

Kichi ongini zaharlashga qaratilgan salbiy holatlarning bitta ko`rinishi – “axborot xuruji”dir. Bu ijtimoiy hodisa ilmiy tadqiq qilinishi va o`z navbatida uning siru sinoati ta’lim muassasalarida yosh avlodga o`rgatilayotgani ham bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbarining iborasi bilan aytganda, “Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo`qotadigan mana shunday g`oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g`oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g`oyamiz kuchli bo`lishi lozim. Avvalombor, o`zimiz, hayotning o`zida sinalgan o`z g`oyamizga ishonib maydonga chiqishimiz darkor”.

– Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda din niqobi ostida diniy ekstremizm, terrorizmga da’vat qiluvchi ma’lumotlar tarqatilayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi,– dedi universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`yicha prorektori Davlatboy Jumaboyev.– Ayrim yovuz kuchlar soddadil va ongi to`la shakllanib ulgurmagan yoshlarni internet orqali qopqonga tushirish uchun kurashayotgani tinchlik va osoyishtaligimizga mudom raxna soladi. Bunday xavf-xatarlarga qarshi jiddiy kurashish davr talabiga aylangan. Buning uchun avvalo har bir talaba ma’nan yetuk bo`lmog`i zarur. “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan kimdir siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan bo`lsa, boshqasi o`z g`oyalarini zo`r berib tiqishtirishga urinmoqda. Shunday chigal va murakkab sharoitda biz uchun galdagi eng muhim vazifalardan biri – yosh avlodning ongi hamda qalbini yot g`oyalardan, mafkuraviy tahdidlardan asrab-avaylashdir. Bir donishmand yozganidek, “Xavfsizlik bu – yovuzlik yo`lining to`silishidir”. Axborotlashgan jamiyatda bu masalani ijobiy hal etish yo`li qanday, degan savolga javob axtaramiz.

Mutaxassislar e’tirof etishlaricha, dunyo aholisining 22 foizdan ko`prog`i bugungi kunda internetdan muttasil foydalanar ekan. Internetdan foydalanuvchilarning ko`pchiligi ijtimoiy tarmoqlarni ko`proq kuzatar ekan. Ularning aksariyati o`sha ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ishonib, shular ta’siriga tushib qolar ekan. Bunday tarmoqlarda o`z joniga qasd qilishni targ`ib qiluvchi 9 ming, shahvoniy mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar “faollik ko`rsatayotgani” aniqlangan. Kompyuter o`yinlari orqali zo`ravonlik va yovuzlikni targ`ib qilish avj olib ketmoqda. Dunyo miqyosida 38 foiz bola zo`ravonlikni targ`ib qiluvchi saytlarga, 26 foizi millatchilik xarakteridagi veb-saytlarga “mixlanib” qolayotir. Ming afsuski, ular orasida bizning yoshlarimiz ham kam emas... Ayni paytda yoshlar orasida ommalashgan “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Twitter” tarmoqlarida inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi g`oyalarni targ`ib qiluvchi yuzdan ziyod guruhlar mavjudligi va ularga ellik mingdan ziyod yoshlar a’zo ekanligi aniqlangan. Ma’lumotlarga ko`ra, birgina odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog`i kunlik auditoriyasining 20 foizini O`zbekistondan kiruvchilar tashkil etadi. Shundan, 80 foiz kishi mobil versiyadan foydalanadi...

Toshkent Islom instituti rektori Uyg`un G`offorov, O`zbekiston musulmonlar idorasi mas’ul xodimlari Xayrulla Turmatov, Ilhomjon Marupov va boshqalarning bu mavzudagi tahliliy mushohadalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

Erkin USMONOV

Milliy istiqlol g‘oyasi o‘zining eng oliy maqsadi, vazifalai va xususiyatlairga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod ap lbld Vatan, erkin va farovon hayot, h


Izohlar
  • Har bir inson eng avvalo hayot haqidagi bilimlarni oiladan o`rganadi. Oilada vatanga bo`lgan mehr va g`ururni ham shakllantirishimiz kerak deb hisoblayman

    yozilgan 23:39 20.03.2016
  • Hozirgi tahlkali zamonda yoshlarga oilada har kuni oz-ozdan turli manaviy tarbiyalar berish yaxshi natijalar beradi deb o`ylayman

    yozilgan 12:39 20.03.2016
  • Hozirgi yoshlar har taraflama sog`lom o`sishlari kerak

    yozilgan 11:57 20.03.2016
  • G`oyaviy boshliq bo`lmaydi. U har doim egallanadi

    yozilgan 23:31 19.03.2016
  • yoshlar har bir narsaga hayotida jiddiy yondashish kerak

    yozilgan 23:15 19.03.2016
  • Internet... bu so'zni eshitganimizda ko'z oldimizga juda katta bir borliq keladi. Bu maqolani o'qib, endi men ham har xil tahdidlarda

    yozilgan 17:39 16.03.2016
  • Maqola juda yaxshi yozilgan! Men ham ushbu maqolani o'qib o'zimga kerakli xulosalar chiqarib oldim.

    yozilgan 13:42 16.03.2016
  • Chiroyli fikirlar uchun rahmat

    yozilgan 16:17 15.03.2016
  • Ajoyib saboqlar oldim

    yozilgan 16:13 15.03.2016
  • Maqoladan katta manaviy saboq oldim

    yozilgan 16:05 15.03.2016
  • Bugungi kunda XXI asr axborot asri ta’rifini noto’g’ri talqin etilib, tushunilishi natijasida insonlar ongi yot g’oyalar bilan zabt etilayotgani achinarli hol.A

    yozilgan 15:47 15.03.2016
  • zo'r!

    yozilgan 01:11 14.03.2016
  • Чиндан ҳам долзарб мавзу кўтарилган. Ҳамма ўзига керакли хулосани чиқариб олади, ўқиб бўлгач…

    yozilgan 01:08 14.03.2016
  • Долзарб мавзудаги мақола чиқибди. Бу «тўр»га болаларимиз илиниб қолмаслиги учун шундай мақолалар кўпроқ ёритилса яхши бўларди.

    yozilgan 00:51 14.03.2016
  • Bu maqola yoshlarda mafkuraviy immunitetni oshirishda muhim o`rin tutar ekan.

    yozilgan 23:29 11.03.2016