Ozod shahrim - ozoda shahrim



Hozirda yurtimiz ko'chalarida sayr etar ekansiz, beihtiyor ko'zingiz, yurtmizda olib borilayotgan o'zgarishlarni ko'rib quvonadi. Aslida ham shunday bo'lishi kerakda. Hozir yurtimizni qaysi go'shasiga qaramang, obodonchilik, yangidan yangi zamonaviy binolarni qurilishi, bir so'z bilan aytganda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Hech e'tibor berganmisiz, ko'chalarimizni ozodaligini ta'minlovchi kishilarga. Ha to'g'ri o'ylayabsiz aynan o'sha sariq nimcha kiyib olgan, nimchaning orqasiga "Obodonashtirish boshqarmasi" degan yozuv yozilgan kimsalar. Jamiyatimizda ularning mavqei yo'qdek tuyiladi, aslida ularning jamoyatimizga qo'shayotgan hissalari juda katta. Ular shaharimizni tozaligini saqlash bilan birga, siz va bizning sog'ligimizga ham juda katta hissa qo'shmoqdalar. Atrof muhit ozoda bo'lsa, turli kasalliklarni oldi.olingan bo'lardi.

Ammo jamiyatimizda, turli xil insonlar mavjud. Kimdir bog' qilsa yana kimdir uni vayron qilishga oshiqadi. Bunga misol, oddiy siz bilan biz yashaydigan ko'p qavatli aholi istiqomat qiladigan joylarda allaqochon chiqindilar uchun mahsus joylar qilinganiga qaramay, ba'zi bir kimsalar dangasaliklari uchunmi, yoki ataylab qiladilarmi, qo'lidagi chiqindilarni yo'l yoqasiga, yoki aholi istiqomat qiladigan uylarni og'ziga tashlab ketishalari odamni g'ashiga tegadi. Yana ozgina yursalar mahsus belgilangan joyga yetib boradilar, lekin ular bunday qilmaydilar, yoki unitib qo'yishadi.

Quyida tasvirlangan videoda ham shu mavzu juda chiroyli qilib yoritib berilgan. O'ylaymanki, bu sizlarga yoqadi degan umiddaman va yurtimizni birga obod qilamiz, uni tozaligini birga ta'minlaymiz.

Men sog'lom turmush tarafdoriman


Izohlar