Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak.

Bugun diyorimiz, Mustaqillikning 25 yillik to'yi arafasida turibdi. Bu navqiron yurtimiz bugungi kungacha necha asrlar osha, qanchadan-qancha zahmatlar tortib, bugunki yorug', shukronalik kunlarga yetib keldi. Bu damlarni kimlar orzu qilmadi. Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani "Kunduz" qismida tasvirlangn mustaqil kunlar yetib keldi. Endi davr bizniki, davron bizniki.

Shu o'rinda, yurtboshimiz quyidagicha fikr bildirganlar: "Biz o‘ta og‘ir, mashaqqatli sinov va kurashlarda qo‘lga kiritgan Vatanimizning Mustaqillik kunini nishonlar ekanmiz, barchamizning hayotimizda chuqur iz qoldirgan, biz bosib o‘tgan tarixan qisqa davrda nimalarni boshimizdan kechirdik, nimalarga erishdik, ta’bir joiz bo‘lsa, “Biz kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan fikr-mulohazalar beixtiyor xayolimizdan o‘tishi tabiiydir."
Shu o'rinda “Biz kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan savol o'rtaga tashlanadi. Bu albatta o'rinli. Sovet ittifoqi davrida, tilimiz, muqaddas dinimizni toptalmayotganmidi? Qadriyat va urf-odatlarimiz oyoq-osti qilinmayotganmidi? Axir bunday ulug' ne'matlarga mustaqillik sabab erishmadikmi? Bas, shunday ekan tinchlik deb ataluvchi ne'matni asrab - avaylamog'imiz, uni yod ko'zlardan muhofaza qilmog'imiz lozim.
Hozirda qayerga qaramang, obodonlashtirish, yangidan-yangidan ixtirolar kashf qilinishi, buning barchasini zamirida bugun erishgan yutuqlarimiz sababchi. Asosiysi, xalqimiz tinch, farovon, go'zal tarbiya ostida kamol topmoqda. Shuning o'zi eng katta baxt emasmi...

O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat!


Izohlar