Vatanni sevish iymondandur.

Yaqinda www.tafsilot.uz saytida “Ukraina: urushgacha va urushdan so`ng” nomli maqolani o`qib qoldim. Ukrainadagi nizolar haqida turli xil ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo`lib yurgandim, lekin bunaqa daxshatli urush bo`lgan deb o`ylamagandim. Maqolada urushdan oldingi, ya’ni 2010-2011-yillardagi hamda urushdan keyingi 2014-yildagi fotosuratlar keltirib o`tilgan. Bu suratlarni ketma-ket ko`rib haqiqatda nimalar bo`lganligiga amin bo`ldim.

Meni larzaga keltirgan bir fotosuratda avtobus tasvirlangan. Uning ichida bir kishi boshini sal yon tarafga egib xuddi uxlayotganga o`xshab o`tiribdi. Lekin, e’tibor bilan qarasangiz yon tarafidagi o`rindiq qonga belangan, orqa tarafida esa o`lib yotgan bitta inson yotibdi.

“Ha, bu daxshatli ekan”- dersiz. Yo`q, men sal shoshmang deyman. Bundan yomoni, odamni daxshatga soladiganini keyin ko`rdim. Unda 2 ta it insonning skeletini g`ajiyotgani aks etgan. O`lgan insonni itlar yeb bitirishgan, undan faqat 3-4 ta suyak qolgan.

Bundan tashqari fotosuratlarda yangi va chiroyli binolarning vayron qilinganligi, oddiy aholining turmush tarzi butunlay izdan chiqqanligi, ularning ko`zlarida umidsizlik, qo`rquv va hadikni ko`rishingiz mumkin.

Bunday turli xil urush va nizolar bugungi kunda butun yer yuzi bo`ylab davom etmoqda. Suriyada 2 yildan beri qanchadan-qancha shaharlarning kuli ko`kka sovurildi va minglab insonlar bevaqt olamdan o`tdi. Millionlab qochoqlar o`z uylarini tashlab tinch hududlarga ko`chib ketishyapti. Bunaqa misollarni sanaymiz desak 1 kun kamlik qilsa kerak.

Shunday tinch yurtda yashayotganligimizdan xursand bo`lishimiz, tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetishimiz kerak. Bunday tinch va osoyishta mamlakatda yashashni kimlar orzu qilmaydi deysiz. Fikrlarimni quyidagilar orqali isbotlashga harakat qilaman.

  • Deyarli barchamiz kechki payt uxlashimizdan oldin “budilnik” qo`yib yotamiz. Xo`sh, bu nimadan dalolat beradi. Demak, bizning ertanggi kunga ishonchimiz bor. Ertalab ,albatta, uyg`onamiz va birimiz o`qishga, yana birimiz esa ishga otlanamiz. Biz bunga to`liq ishonamiz, chunki bizni kechasi uxlab yotganimizda kelib o`ldirib ketishmaydi yoki Ukraina, Suriyadagi kabi butun bir boshli ko`p qavatli binoni portlatib yuborishmaydi.
  • Har kuni ertalab quyoshimiz zarrin nurlarining taftini his qilib uyg`onamiz. Bu osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch ekanligidan dalolat emasmi!?
  • Ota-onalarimiz, bobo-buvilarimiz bizni o`qishga yoki ishga behavotir jo`natishadi va kelishimizga bir-biridan shirin ovqatlarni tayyorlab qo`yishadi. Bu onalarimiz bizning o`qishdan yoki ishdan uyga sog`-omon qaytib kelishimizga ishonishini bildirmaydimi!? Bizga yo`lda, ishxonamizda, o`quv dargohimizda hech qanaqa xavf-xatar yo`qligiga ularning ishonchi komil.
  • Ota-onalar hali 7-8 yoshli farzandlarini turli xil sport to`garaklariga, o`quv kurslariga jalb etishyapti. Bu farzand kelajagi haqida 10-15 yil oldindan qayg`urish degani emasmi!? Demak, ota-onaning ishonchi komilki, uning farzandi oliy o`quv yurtiga kiradi va nufuzli joyda ishlaydi. Xolbuki, hozirda ba’zi bir mamlakatlarda aholining bugungi kunga ishonchi yo`q. Ertalab farzandini maktabga jo`natgan, kechki payt esa uning sovuq tanasini bag`riga bosib zor qaqshayotgan onalar haqida yetarlicha eshitganmiz.
  • -“Alo, do`stim, qayerdasan? Tez yetib kel, men seni falon joyda kutib turaman”.

-“Bo`pti, o`rtoq, yarim soatda o`sha yerda bo`laman”.

Bu telefon suhbatidan shuni anglash mumkinki, biz biror bir joyga belgilangan vaqtda borishimizga ishonchimiz komil, ya’ni biz mingan avtobus,taksi, tramvay yoki metro portlab ketmaydi, yoki bo`lmasa terroristik guruhlar tomonidan garovga olinmaydi. Bizga shunisi aniqki, bormoqchi bo`lgan joyimizga sog`-omon va o`z vaqtida yetib boramiz.

Bunaqa misollarni anchasini sanash mumkin, zero har narsaning ozi yaxshi, qolgani o`zingizning vijdoningizga havola.

Bunaqa gaplar kimlargadir erish , kimlarga esa balandparvoz va oldi-qochdi gaplar bo`lib tuyulishi mumkin. Lekin bularning bari haqiqat, buni tan olmaslikning iloji yo`q.

Men 21 yillik hayot yo`limga nazar soladigan bo`lsam, a’lo baholar bilan maktabni bitirdim, undan keyin akademik litseyga kirdim va uch yil davomida hech nimaga e’tibor qaratmasdan faqat o`qidim. Bugungi kunda esa O`zbekistonning eng nufuzli oliy o`quv yurti dargohlaridan biri bo`lmish Toshkent moliya instituti talabasiman. Kelajakda magistraturada ham o`qib eng yaxshi ishlardan birida ishlashni, ota-onamning orzularini amalga oshirishni va,albatta, yurtimizga foydam tegadigan shaxs bo`lib yetishishni niyat qilganman. Chunki mening ertanggi kunga bo`lgan ishonchim bor. Agar biz yoshlar shunday javob qaytarmasak, nonko`rlik qilgan bo`lmaymizmi!?

“Men nechun sevaman O`zbekistonni!?”

Men bu savolni sal boshqacharoq qo`ygan bo`lardim.

“Shunday yurtni sevmaslik mumkinmi!?”

Bu kichkina maqolada iloji boricha o`z fikrlarimni aniq va lo`nda ifodalashga harakat qildim. O`qib chiqib yaxshi xulosa chiqarasizlar degan umiddaman.


Izohlar
  • Eh, yozgan men ahmoq. Jimgina yurganim yaxshi edi.

    yozilgan 21:52 02.05.2016
  • ug'il bolalarga tawlansaiz burnizi qonga bulashidan qurqib ayollarni siltash erkaklikka kirmaydi

    yozilgan 01:54 02.05.2016
  • Menga bunday g`irromlik orqali erishilgan yutuq kerakmas. Bundan boshqa qiladigan ishlarim ko`p.

    yozilgan 09:56 01.05.2016
  • Mirshod, men birovni nomini bulg`ayotganim yo`q, faqatgina haqiqat bo`lsin deyapman. Ko`rinib turibdi-ku barchasi. Nimaga kerak endi shu gaplar?

    yozilgan 09:55 01.05.2016
  • Sizga omad tilayman Jamshidjon, tanlovda g'olib chiqishingizda tilakdoshman ! :-)

    yozilgan 00:05 01.05.2016
  • ukam ichin komirga tolib ketbdiyu, xasadinga qoyilman. yutish maqsadida bowqa qatnawcilani nomini bulgashdan kora, xudodan oznga insof sora))

    yozilgan 07:20 27.04.2016
  • Bir-ikkita so'zlarning o'rniga sinonimlari qo'yilsa, yanada yaxshi bo'ladi.

    yozilgan 21:27 29.03.2016
  • Jamshid, omad

    yozilgan 08:39 27.03.2016
  • Manga juda yoqdi

    yozilgan 08:22 27.03.2016
  • Bir necha davlatlarda bo`lganman. o`zbekiston baribir o`zgacha.

    yozilgan 22:41 23.03.2016
  • Bir ikkita kamchiliklarini to`g`rilash kerak. Umuman olganda yaxshi

    yozilgan 00:34 23.03.2016
  • Zohida, bilmiman yozdimku

    yozilgan 00:12 23.03.2016
  • Barchangizga vaqtingizni ayamay e`tibor qaratayotganingiz uchun katta rahmat.

    yozilgan 00:11 23.03.2016
  • Jimmy, nishatib yozding buni. zo`r

    yozilgan 21:38 21.03.2016
  • Omad. Yangilarini kutib qolamiz.

    yozilgan 18:11 21.03.2016
  • Haqiqatda bugungi kunda dunyoda notinchlik hukmron. aytganingiz kelsin.

    yozilgan 17:11 21.03.2016
  • Ko`z tegmasin tinchligimizga

    yozilgan 08:49 21.03.2016
  • Bir-ikkita kamchiliklar bor, lekin yaxshi yozilgan. Omad

    yozilgan 09:07 20.03.2016
  • Yaxshi yozibsan, jo`ra. Bunday tinchlikka, albatta, javob qaytarishimiz kerak.

    yozilgan 00:55 20.03.2016
  • Meni ham o`ylantirib qo`ydingiz. Rahmat, yaxshi chiqibdi.

    yozilgan 00:24 20.03.2016
  • Bunday tinchlikni qadriga yetishimiz kerak

    yozilgan 21:13 19.03.2016
  • Fikringizga 100 foiz qo`shilaman. omad

    yozilgan 20:27 19.03.2016