O'zbek xalqining komil farzandi

  1. O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov haqida fikr yuritar ekanman bu inson butun umrini davlat va xalq manfaati yo’lida fido qilgan insondir. Islom Karimovning yoshlik davri og’ir ikkinchi jahon urushiga to’g’ri kelganiga qaramasdan, mehnat qilish bilan birga o’qishni ham qiyinchilik bilan davom ettirgan. A.S.Pushkin nomli 21-maktabni oltin medal bilan tammomlab, O’rta Osiyo politexnika institutiga o’qishga kirdi.O’qishni tamomlagach bir qancha zavodlarda o’z faoliyati davom ettirdi. U hayoti davomida ko’pgina qiyinchiliklarga duch kelishiga qaramasdan, mana shunday vaziyatlarni o’z kuchi va bilimiga tayangan holda bosib o’tdi. XX asrning 60-yillaridan boshlab u davlatning yuqori lavozimlarida ishlab, o’zbek xalqi ustidan qilinayotgan nohaqliklarni ich-ichidan his qilardi va xalqni farovon va baxtli turmush kechirishi uchun harakat qilardi. Islom Karimov ona vatanimizning mustaqilligi uchun qo’ygan dastlabki dadil siyosiy qadami bu 1989-yilining oktabrida “Davlat tili to’g’risida”gi qonunidir. 1990-yil 21-iyunida Islom Karimov tashabbusi bilan “Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiya “ni qabul qilinishi, 1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qilinishi butun o’zbekistonliklar uchun yangi bir davrning boshlanishiga sabab bo’ldi. Islom Karimov - xalqning ishonchini qozona olgan o’z davrining haqiqiy yetakchisi,mamlakat taqdiri uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olgan mard va jasur inson sifatida biz yoshlar tafakkurida namoyon bo’ladigan shaxsdir. Mana shunday paytda mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o’tkazishga qaror qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrdagi o’tkazilgan umumiy, teng va to’g’ridan to’g’ri saylov natijasida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Bunday buyuk yutuqqa erishgan Islom Karimov dastlabki e’tiborni mamlakatimizda davlat va jamiyatni jahon standartlariga mos tarzda qurishga yo’naltirdi.Qisqa davr ichida AQSH,Yaponiya,Kanada,Fransiya,Portugaliya,Italiya va boshqa davlatlarning konstitutsiyasini o’rgangan holda qomusimiz-konstitutsiyamizga shu bilan birgalikda milliy ramzlarimiz-bayroq, gerb va madhiyamizga ega bo’ldik. Ayni shu damlarda prezidentimizning harakatlari bilan O’zbekiston 133 ta davlat bilan diplomatik munosabatlar va 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo’lib, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti,Shanhay hamkorlik tashkiloti,Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti , Mustaqil davlatlar hamdo’stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etib , mintaqaviy va global rivojlanishning ko’p masalalarini hal qilishga salmoqli hissa qo’shgan. Mustaqil O’zbekiston tashkil topishga, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etilishiga, jamiyatimizda tinchlik va milliy totuvlik ta’minlanishiga qo’shgan misli ko’rilmagan hissalari uchun “Ozbekiston Qahramoni”,”Mustaqillik”,”Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan.Islom Karimovning davlat siyosatida olib borgan faoliyatini nafaqat o’zbek xalqi balki boshqa mamlakatlar ham yuksak baholagan. Masalan, Ukraina,Koreya, Italiya, Litva, Ispaniya, Gruziya, Bolgariya kabi davlatlar o’z mukofotlari bilan taqdirlagan.Mustaqillik yillaridayoq davlatimizni ijtimoiy, iqtisodiy,ma’naviy va axloqiy yangilash uchun “o’zbek modeli”ni ishlab chiqdi.Islom Karimov iqtisodiyot sohasida ko’plab yangiliklar joriy etib,jumladan kichik va xususiy biznes uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Mamlakatimizda neft-kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xo’jagiligi va temir yo’l mashinasozligi,farmasevtika,elektrotexnika, tekstil sanoati kabi tarmoqlar yaratildi. Sho’rtan,Ustyurt gaz-kimyo majmualari,Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo’ng’irot soda zavodi,Andijon,Samarqand,Toshkent viloyatlardagi avtomobil zavodlari qurildi. U zotni ona vatanimizning ozodligi, xalqimiz farovonligi yo’lida o’zini baxshida etgan yurt farzandi sifatida tarixda o’chmas iz qoldirilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Islom Karimov zukko iqtisodchi va mohir siyosatchi bo’lishlari bilan birga o’tkir qalam sohibi ham edilar. U kishining asarlarida xalqning tashvishi, orzu istaklari va insonlarning og’irini yengil qilish bilan bog’liq yechimlar ko’rsatib o’tilgan.Shuningdek, bugungi kunning eng dolzarb muammosi bo’lgan – biz yoshlarning ma’naviyati, jamiyatda qay tarzda o’z o’rnimizni egallashimizga doir bir qancha g’oyalarning egasidir. Islom Karimov ilgari surgan g’oyalar, ilg’or fikrlar bizlarni ma’naviy barkamol , yetuk inson etib tarbiyalash uchun mash’aldir. Prezidentimiz umri davomida ko’plab asarlar yaratgan bo’lib, misol uchun “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,” O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”,Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz”,“ Ozbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Barkamol avlod orzusi”, “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch “, “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” , “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”,”Xavfsizlik va barqarorlik yo’lida”,”Ozod va obod Vatan,erkin va farovon hayot –pirovard maqsadimiz” kabi asarlarni aytishimiz mumkin. Islom Karimovning “Yangi uyni qo’rmasdan eskisini buzma”degan dono fikrlari faqatgina O’zbekistonda emas balki butun dunyo amal qilinmoqda.U zotning “Tarixiy xotirasiz- kelajak yo’q”degan fikrlari biz yoshlarga ulug’ bobolarimiz,xalqimiz qadriyatlariga suyanib yashashni o’rgatdi.Yurtboshimiz umri davomida qanchadan-qancha sinovlarni boshidan kechirdi,ona zaminimizni ne-ne bosqinchi,yovuz kuchlardan va balo qazolardan asrab-avaylab bir kun ham tinch orom olmadi.Ollohning marhamati bilan bu zotga shunday qobilyat ato etildiki, jar yoqasidagi mamlakatni 25 yil ichida gullab- yashnagan va jahon standartlariga raqobat bera oladigan davlat yarata oldi. Prezidentimiz faqatgina O’zbekistonning iqtisodiy, harbiy sohalari, ta’lim bilan birgalikda boshqa davlatlar bilan hamkorlik, millatlararo totuvlik va uni rivojlantirish bo’yicha taqsinga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Xulosa qilib aytganda,Islom Karimovning hayot yo’li har birimiz uchun namuna bo’lishga arzigulik zalvorli davrni o’z ichiga oladi. Mening nazmimda, Islom Karimov orzu qilgan fidoyi, komil inson bo’lib yetishish har bir o’zbek farzandining muqaddas burchid

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovga bag'ishlanadi


Izohlar