“Yosh targ`ibotchilar”

“Yosh targ`ibotchilar” to`garagi Termiz davlat universiteti tarix fakul`teti O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi qoshida tashkil etilgan bo`lib, uning a`zolari universitetning bakalavriat hamda magistratura ta`lim bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalardan iborat.

«Yosh targ`ibotchilar» to`garagi bugungi kunda O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish, milliy g`oya targ`iboti bilan bog`liq ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga jiddiy e`tibor qaratish, talabalarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilish, joriy qonunchilikning mohiyatini tushuntirish, huquqiy axborot tarqatish, huquqiy hujjatlarni o`rganish va tahlil qilishda ma`lumotlar bazasidan o`rinli foydalanish, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish, yoshlarning ijtimoiy-ma`naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma`naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati shuningdek, ularning o`z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o`tkaziladi.

Universitetimizning iqtidorli talabalari ishtirokida bo`lib o`tayotgan to`garak mashg`ulotlarimiz davomida dolzarb mavzular doirasida turli xil mavzularga oid ma`ruzalar tinglanib, bahs-munozaralar tarzida o`tkazilib kelinmoqda .

Kuni-kecha o`tkazilgan “Yosh targ`ibotchilar” to`garagida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ro`y berayotgan muhim o`zgarishlar, “dunyo mamlakatlariga bir nazar”, “Men o`qigan asardan lavha” ruknlariga oid, shuningdek kun tartibidan o`rin olgan mavzular yuzasidan munozaralar bo`lib o`tdi.

Jumladan, Cho`lponning “Kecha va kunduz” romanining bugungi kun talqiniga nazar solindi. Eng rivojlangan davlatlar qatoridagi Janubiy Koreya davlati to`g`risida ma`lumotlar berib o`tildi. Targ`ibot dasturining asosiy mavzulari sifatida kiritilgan diniy ekstremizmga qarshi kurashish chora tadbirlari, shuningdek yoshlarning muomala madaniyatiga amal qilishlari nechog`lik muhim masala ekanligi xususida so`z bordi.

Undagi mavzular hamda munozaraga boy savollar sizlarni ham befarq qoldirmas.

Agar siz ham kichik targ`ibotchi bo`lishni xohlasangiz va bugungi kundagi barcha jamiyat ahliga qattiq ta`sir ko`rsatuvchi global muammolarga, illatlarga befarq bo`lishni istamasangiz “Yosh targ`ibotchilar” to`garagiga sizlarni taklif etamiz. O`zingizni qiziqtirgan barcha mavzular yuzasidan ma`lumotga ega bo`lish imkoniyatingiz bor.

Shu jumladan, biz birgalikda jamiyatimizga xavf solayotgan illatlarga qarshi birdamlikda kurashish chora tadbirlarini izlaylik, dunyo yangiliklaridan xabardor bo`laylik.

Biz yosh targ`ibotchimiz, biz loqayd emasmiz. Siz-chi?

Termiz davlat universiteti
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi
Abdumajidova Sayohat


Izohlar