Amir Temur g’ururimiz-faxrimiz

Amir Temur – xalqimiz

dahosining timsoli, ma’naviy

qudratimiz ramzidir.

ISLOM KARIMOV

Bugungi kunning o'tkir va dolzarb muammolari bizdan zamonaviy taraqqiyotning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan birga, insoniyatning yaqin-olis tarixidagi boy tajribasini ham teran idrok etishni, shu asosda amaliy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda, ya’ni tarix tajribasi odamzod uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hech bir mubolag'asiz aytish mumkunki, o'zbek xalqining ko'p asrlik tarixi ham ana shunday buyuk tajribalar manbayidir. Bu tarixning eng yorqin va shonli sahifalarini tashkil etadigan ulug' ajdodlarimiz haqida so'z borganda, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning o'lmas nomini birinchilar qatori tilga olishimiz tabiiy, albatta. Mana, qariyb yetti asrdirki, bu ulug' zotning shon-u shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo'lgan qiziqish jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormoqda.

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-vil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va isht|iyoqmand kishi bo’lgan. Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da. ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o’rgangan.

Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo’lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.

Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib. yangi davlat tizimi bo‘yicha Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig‘ishi, tartib saqlashi, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’lar, sug‘orish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy- axloqiy harakatlarini nazorat ostiga olishi kabi ishlar bilan shug’ullangan. Har bir Devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-o‘zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.

Shuningdek, davlatni boshqarishda Sohibqironning “Temur Tuzuklari” asarining o'rni beqiyosdir. “Temur tuzuklari”da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo’lgan qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta’minlash,

rag‘batlantirish, qo'shin turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligi bir necha bor ta’kidlanadi. “Saltanatim martabasini, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi”. Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi odamlaming 12 toifaga bo’linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4 qat’iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan”.

Manbalarda sohibqiron Amir Temur - yorqin xislatlarga ega ekanligi. xotirasi o‘tkir. shijoatli va qat’iyatli, bir so‘zli, zo‘r milliy qudrat egasi, salobatli inson sifatida ta’riflanadi.

Amir Temur o‘z siyosatida madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo’lib tanildi. O'z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo’l ochib, nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy-ma’naviy olamida, balki butun musulmon olami tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi;

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1996-yilni “Amir Temur yili” deb e’lon qildilar. Mamlakatimizdagi novob tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi. 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqironning 660 yillik tavallud to‘yi munosabati bilan Amir Temur nomi bilan atalgan xiyobonda buyuk sarkarda. davlat arbobi va u asos solgan temuriylar sulolasiga bag‘ishlangan go‘zal koshona - Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ulug‘ bobomizning haykallari qad rostladi.

Bu yil ya’ni 2017-yil Amir Temur tavalludining 681 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida Amir Temur bobomizning ma’naviy fazilatlari haqida to‘xtalar ekan: “Tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘1 ochdi” deydilar. Haqiqatan ham, xalqiga, Vataniga munosib xizmat qilgan Sohibqironning fazilatlari biz avlodlarga namunadir.

buyuk shaxslarni millat qayg'usi, xalq dardi yaratadi. Umrining mazmunini “Millatnigina dardlariga darmon bo'lishdan iborat” deb bilgan Amir Temur xalqimizning ana shunday ardoqli, ulug' farzandidir.

Termiz davlat universiteti

Texnika fakulteti 2-bosqich

201-guruh talabasi Umarova Lola


Izohlar