Kitob-bilim, ma'naviyat va ma'rifat manbai

Har ko`ngilning orzusi shul erur obu hayot,
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko`zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,
Har qorong`u dilga go`yo mohitobondir kitob.

Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog`,
Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g`ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo`lmog`i osondir kitob.


Kitob haqida har qancha gapirish, uning sifatlarini soatlab maqtash mumkin. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsada, o’z o’rnini hеch nimaga bo’shatib bеrmagan mo’jizadir. Donolar kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirar ekan, adabiyotlar bilan oshno qalbga hеch qachon yomonlik in qurmasligini ta'kidlashadi. Ayniqsa, bolaligidanoq kitobga mеxr qo’ygan insonlarning jamiyatda o’z o’rni, odamlar orasida obro' etibori aloxida bo’ladi.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishini ijrosi borasida joriy yilning 7-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Yosh notiqlar" hamda “Falsafiy munozara” ilmiy to‘garag a’zolari va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy bo‘lim xodimlari Samarqand shahrida joylashgan “Kitob olami”ga tashrif buyurishdi. “Kitob olami”da “Kitob-bilim, ma’naviyat va ma’rifat manbai” mavzusida to‘garak a’zolari va professor-o‘qituvchilar tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent D.T.Amriddinova "Yosh notiqlar" to'garagi raxbari Sadullayeva.Sh hamda “Falsafiy munozara” to'garagi raxbari Ashurova.X lar tashkillashtirishdi,tadbir yakunida "Yosh notiqlar" va “Falsafiy munozara” to`garagida faol ishtirok etgan faol talabalar va to‘garak rahbarlari institut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.



Samarqand Davlat Chet Tillari Institutida tashkil etilgan
"falsafiy munozaralar" to'garagi qatnashchisi 2-bosqich talabasi Mirzaqulov.A

Joriy yilning 7-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faol talabalari tomonidan "Kitob-bilim, ma'naviyat va ma'rifat manbai" nomli tadbir o'tkazildi


Izohlar