ZULFIYAXONIMGA

Siz deb yozsam sog'inchlarim bo'zlab kelmoqdadir momo,

Va gullarni yopingancha so'zlar kelmoqdadir momo.

Bahorlarning hush ifori ilhomimga qanot bo'lgach,

Ibo, sadoqat deb aziz hislar kelmoqdadir momo.

Ne savolkim, og'rinar dil,

Siz kelgan yil, men ketgan yil,

Ko'rishmoqqa kechikding deb kuzlar kelmoqdadir momo.

Ming shukrkim, chorlovingiz

Ruhlantirgay, madad bergay,

Qalam tutsam "Yozgin qizim, yoz"lar kelmoqdadir momo.

Yurtga sevgi ahdim deya

Sodiq xizmat baxtim deya,

Izingizdan yorug'- yorug' izlar kelmoqdadir momo.

Chin ayollik timsoli siz

Izingizdadir baxtimiz.

Qo'llab turing, ortingizdan

Qizlar kelmoqdadir momo.

Qo'llab turing, ortingizdan

Qizlar kelmoqdadir momo!

Nozima XABIBULLAYEVA

O'ZDK


Izohlar