Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili

Bugungi kunda barcha sohalar qatorida ilm-fanni yangi bosqichga ko‘tarish zomon talabi bo‘lib qolmoqda. Chunki xozirgi kunda jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz echish qiyin. Xozirgi kunda ushbu soxani va olimlarimizni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning oldida turgan ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag’batlantirish to‘g’risidagi PF-4907-son Farmoni malakatimiz taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag’batlantirish maqsadida birqancha vazifalar yuklaydi.

Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Joriy yilning 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari xar tomonlama taxlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muxim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan kengaytirilgan majlisida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev o‘z ma’ruzasida ta’lim va ilm-fan, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sabali ikkita asosiy vazifani xal etish zarurligini belgilab berdi.

birinchi-ilmiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talabalriga muvofiq sezilarli ravishda musahkamlash kerak. Bunda albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart;

ikkinchi- akademiklarning xar taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag’batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.

Xaqiqaidan ham O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zolarini fan-ta’lim va ishlab chiqrish jarayonlariga faol jalb etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularning rolini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Bu borada bizning Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ham birqancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Institutimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabrdagi ko‘rsatmasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Tursunbay Rashidovich Rashidov bizning institutimizga biriktirildi. T.Rashidov uchun institutda barcha sharoitlar yaratib berildi hamda birgalikda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu rejaga asosan, bu ustozimiz bilan hamkorlikdagi ishlarimiz boshlandi. Ishonchimiz komilki, bu ustozimiz boshchiligida institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yanada yangi bosqichlarga ko‘tariladi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarimiz samardorligi yanada ortadi.

Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili


Izohlar