Inson ma’naviyati

Inson ma’naviyati

Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham, inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan. So’z inson haqida borar ekan, inson hayotining mazmuni baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkin. Demak, ilm-ma’rifat insonni ulug’laydi, komil inson qilib tarbiyalashi bilan bir qatorda ma’naviyatini yuksak darajada tarbiyalaydi. Ma’naviyat avvalambor oiladan boshlanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Insonda buyuk ruhiyat mavjud, ruhiyat ham o’z navbatida ehtiyoj sezadi. Buning natijasida esa, insonda odamiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, rahm-shavqat, diyonat, oily himmatlilik, vijdon kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga katta turtki bo’ladi, desak adashmagan bo’lamiz. Shu kabi fazilatlar insonda mujassam bo’lsa, dunyoqarashi o’zgaradi, oilaga nisbatan vataniga nisbatan muhabbat tuyg’usi uyg’onadi. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki “Men о‘zim Vatanimga, el-u yurtimga nima berdim?” deb о‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.

SamDCHTI Roman-german tillari

fakulteti 2-bosqich talabasi:

Normo’minov Havasbek

Ilmiy raxbar: Ashurova.X

Inson ma’naviyati


Izohlar