Mustaqil mushohodalar.

Mustaqil mushohodalar.

Birinchi Prezidentimiz muhtaram I.A. Karimov tomonidan bizga juda katta imkoniyatlar yaratib bergan edilar. Xususan, har bir yilni yoshlar nomi bilan nomlanishi ham bejiz emas, albatta, chunki biz yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar tufayli mana shunday ko’zni quvontirgudik sharoitlar yaratilgan zamonaviy o’quv binolarida ta’lim olmoqdamiz.

2012 yil 10 dekabr 1875 qarori asosida chet tillarni o’rganishni yanada takomillashtirishga katta ahamiyat berilmdi. Xususan Ingliz tili darslarini 1-sinfdan o’qitilishini joriy etdi. Ammo ayrim talaba yoshlarimiz chet tillarini o’rganish bilan birga o’sha tilini o’rganayotgan davlatning kiyinish madaniyatini ham o’zlashtirib olmoqda. Tilni o’rganishning asl maqsadi uning aspektlarini o’rganishni yoki madaniyatini ( zamonaviy yashash tarsi)? Axir, har bir ta’lim muassasasining kiyinish odobi bor-ku, shunday emasmi? Nima uchun ayrim talaba o’g’il-qizlarimiz bu qonun-qoidalarga amal qilishmayapti, degan savolni qo’yishimiz mumkin. “Guruch kurmaksiz bo’lmaydi “deganidek, misol tariqasida oladigan bo’lsak, qizlarimiz ko’cha – ko’yda, to’y - xashamlarda kiyadigan tor shimlarni kiyib olib, sochlarini kalta qilib qirqib oladilar. O’g’il bolalarimiz-chi? Yirtiq-yamoq shimlar kiyib, sochlarini o’stirib ta’lim muassasasiga kirib kelmoqda. Bu holat ayrim talabalarimizda uchrab turibdi, albatta, barcha talabalarimizda emas. “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” tadbirlariga, turli xil tugaraklarga qatnashadigan talaba o’g’il qizlarimizda bunaqa holatlarni uchratishimiz amr-u mahol. Demak, barcha yoshlarni mana shunday tadbirlarga jalb qilsak, kiyinish odoblariga rioya qilishiga turtki bo’lgan bo’lar edik.

SamDChTI Roman-german tillari fakulteti talabasi:

Normo’minov Havasbek

Ilmiy raxbar: Ashurova X

Mustaqil mushohodalar.


Izohlar