Sarhadlarimiz Qalqonlari

Sarhadlarimiz qalqonlari

Vatan, bu so’zni eshitganimizda hammamizning ko’z oldimizga o’z tug’ilib o’sgan, kindik qonimiz to’kilgan aziz zaminimiz gavdalanadi. Tarix zarvaraqlarini varaqlar ekanmiz shu vatan deya o’z jonlarini fido qilgan minglab ajdodlarimizni uchratamiz. Ular vatanini dushman hujumlaridan himoya qilganlar. Har bir davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng birinchi navbatda armiyasini mustahkamlaydi. Shu jumladan vatanimiz armiyasi ham har tomondan kuchli. Vatanimiz himoyasi uchun erta-yu kech uxlamasdan, chegaralarda turib yurt tinchligini,osoyishtaligini ta’minlab kelayotgan himoyachilarimizni misol qilib keltirib o’tishimiz o’rinli. Ammo afsuski, bazida shunday nomuqobil, vatanfurush kimsalar ham uchraydi ularni yurt tinchligi, ota-ona sog’ligi qiziqtirmaydi ularni faqat mansab, pul qiziqtiradi, xolos. Keyingi yillarda dunyo tinchligini buzayotgan bir necha qo’paruvchi guruhlar vujudga kelganligi bizga ma’lum albatta. Ular dinni niqob qilib insonlar qalbiga kirishga harakat qiladilar. Ko’p o’qigan, ongida bo’shliq bo’lmagan insonlar bu guruhlarga qo’shilmaydi. Faqatgina bilimi yo’q, ongida bo’shliq bo’lgan insonlargina bu kabi guruhlar to’riga tushib qoladi. Shunday guruhlarga qo’shilib qolmaslik uchun barcha ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tez-tez o’tkazilib turiladi. Institutimizda ham vatan himoyachilar kuniga bagishlangan badiiy kecha bo’lib o’tdi. Harbiy xizmatni o’tagan talaba yoshlarimiz Vatan chegarasida qalqon bo’lib turgan xizmatchilar hayotini yoritib berishdilar.

SamDCHTI Roman-german

tillari fakulteti talabasi: Normo’minov Havasbek

Ilmiy raxbar: Ashurova.X

Sarhadlarimiz Qalqonlari


Izohlar