​O'zbek va Xitoy xalqlarining milliy qadryatlari va urf-odatlari.

O'zbek va Xitoy xalqlarining milliy qadryatlari va urf-odatlari.

Har bir millatning, xalqning o'zligini uning milliy urf-odatlari va an'analarida namoyon bo'ladi. Milliy qadryatlar ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho meros va bir millatning tarixidan aks - sado berguvchi ko'prikdir.

Avvalo, madaniyatto’g’risidato’xtalibotarekanman, uningnaqadarahmiyatlihamdao’chmasyodgorlik, harbirmillat, elatningma’naviyboyligi, uningko’zgusiekanligidandalolatberuvchiqadryatdir. Yanashunihameslatibo’tishimkerakki, madaniyat atamasikengmanodaqo'llanilib, jamiyatningishlab chiqarish, ijtimoiyvama'naviy hayotidaqo'lgakiritganyutuqlarmajmui, sifatidahamgavdalanadi. Bubiroqijtimoiyguruh yokixalqningma'lumdavrdа qo'lga kiritilganshundayyutuqlari даражасини, ўқимишлилик, таълим-тарбия кўрганлик, зиёлилик ва маърифатлилик ҳамда турмушнинг маърифатли киши эҳтиёжларига мос келадиган шартлари йиғиндисини hamo’zidaifodalaydi.

Маданият кишиларнинг яратувчилик фаолияти, мақсадли саъй-ҳаракатлари натижасидаги моддий ва маънавий қадриятлар бўлиб, шаxсни шакллантириш ва камолотида муҳим омил бўлган ижтимоий ҳодисадир. Маданиятда анъаналар омилининг роли беқиёс. Xалқ маънавий мероси, анъана ва урф-одатлар туфайли кишиларнинг тариxий, маданий тажрибаси тўпланиб, авлоддан-авлодга ўтиб боради.

Anaendimadaniyan’analardanbo’mishto’ymarosimlario’zbekxonadonlaridaajoyib-ug’aroyib, o'ziga xos tarzda o'tkazilishi hech birimizga sir emas albatta. To’ydakelinvakuyovtomonlariningaytishuvlari, askiya-yuyor-yorlari , to’qqiztog’orasi-yunog’oralardantortib, kelinningolovatrofidaaylanib, kuyovnkigakiribborgunichaturlichamarosimlarningadoetilishiqadryatsifatidabugungijamiyatimizdae’zozlanibkelmoqda.

Madaniyatinson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada"madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fanva maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi.

Bizaga ma'lumki birgina yurtimiz O'zbekistonda 130 dan ortiq millat va e'lat vakillari istiqomat qiladilar. Butun dunyoda esa ularning soni bundan yuz baravar ko'pdir. Ona diyorimiz misolida olib qaraydigan bo'lsak ana shu 130 millatning o'ziga xos bir-birini takrorlamas urf-odatlar, an'analar va qadryatlari mavjud.

Har bir xalqning milliy qadryat va urf-odatlari shubhasiz, o'zga millat vakillarini befarq qoldirmaydi. Quyida bazi xalqlarning qon qoniga singib ketgan ayni damda ular doim qatiy amal qiladigan odat tusiga aylangan marosimlar urf-odatlar va bayram tadbirlarini qay tarzda nishonlashlari haqida ko'rib chiqamiz.

Juda qadimiy tarixga ega bo'lgan Xitoy davlati bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Xitoyning tarixdan shakllanib kelgan qadryatlariga nazar solsak uning naqadar o'zgacha boshqa davlatlarda uchramaydigan jihatlarini ko'rishimiz mumkin. Buni biz brgina ularning yangi yil bayramini nishonlash tarzida ko'ramiz.

Chun jie – Yangi yil

Bahor bayramining birinchi kuni doim oy kalendari bo’yicha birinchi oyning birinchi kuniga to’g’ri keladi.Bu bayram Xitoyning Yangi yil bayramidir. Bu bayram Xitoy bayramlari ichida eng asosiy va eng tantanali bayram hisoblanadi. U qish bilan bahorning almashinuv paytiga to’g’ri keladi.Shuning uchun bu bayram bahor bayrami deb ataladi. Xitoyliklarda bu bayramni o’tkazishning ko’p an’ana va odatlari bor. Bu bayramga oldinroq, ya’ni avvalgi oyning 23-kunidan tayyorgarlik boshlab yuboriladi. Uyda hamma narsalarni yuvib, uyni tozalashadi.An’anaviy mahsulotlar harid qilishadi. Oynalarga qog’ozlardan qizil naqshlar yopishtirishadi, bayramona rasmlar osishadi, yopishqoq guruchdan pishiriqlar pishirishadi va boshqa milliy taomlar pishirishadi. 12-oyning 8-kunida ertalab tong otganda, ayollar dukkakli o’simliklardan, turli yong’oq, mevalardan, shakar va guruch mahsulotlaridan bo’tqa pishirishadi. Bu qaynab turgan bo’tqaning birinchisini oila boshlig’i o’tib ketgan ajdodlarni xotirlab, ularning ruhi shod bo’lsin deb, rasmlari oldiga qo’yadi. Shundan so’ng, oila a’zolari, do’stu-qarindoshlar ovqat yeyishni boshlashadi.12-oyning 12-kunidan boshlab davlat tashkilotlari, korxonalar bir oy muddatga yopiladi.Do’konlarda tig’iz savdo boshlanadi.Odamlar ko’plab kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, turli xil rangdagi shamlar, paqildoqlar, pirotexnik vositalar, chekish tayoqchalarini sotib olishadi. Bayramgacha bir necha kun hamma uylarda tozalash ishlari olib boriladi. Eskirib ketgan narsalar, buyumlar tashlab yuboriladi.Buning ma’nosi yomon narsalarni, xotiralarni, jinlarni yo’qotishni bildiradi.Hamma uydagi devorlarga, eshiklarga baxt rasmini yopishtirib qo’yishadi.Bu rangli rasmlar xonadonga baxt keltiradi. Yangi yilgacha bir necha kun davomida uyning oldida juda ko’p paqildoqlar paqillatishadi. Bundan maqsar yovuz ruhlarni, jinlarni uydan haydashadi.Uning atrofiga ichi rang-barang fonarlar osisha-di.Ko’pincha yangi yil kuni chuchvara tayyorlashadi.Bayram arafasi – uning eng asosiy kunlaridan biridir.Butun oila yasatilgan dastur-xon atrofida yig’ilishadi. Turli xil hazillar va suhbatlar bilan vaqt qanday o’tganini bilmay qolishadi. Odamlar bayramni erta tonggacha nishonlashadi.Soatlar yarim tunni ko’rsatib, bong urganda milliy taom – chuchvara tanovvul qilishadi. “Chuchvara” va “bolalarga beramiz” xitoy tilida shakldosh so’zlar bo’lib, “jiao zi” deb nomlanadi. Buning ma’nosi shuki, odamlar o’ziga tegishli narsalarni keyingi avlodga qoldirishi demakdir.Yarim tundan so’ng, yangi yilning birinchi kuni boshlanadi.Bayramning birinchi kunidan boshlab qarindoshlar bir-birilarinikiga tabriklashga borishadi.Bu bahor bayramining asosiy odatlaridan biridir. Yaqinlarini tabriklashga borganda, ular doimo baxt va sog’liq tilashadi. Bayram o’yinlaridan bolalar uchun eng yaxshisi mushaklar otishdir. Oldin shunday irim bo’lgan: “mushaklarni ovozi yomon ruhlarni haydaydi”. Kechasi yomon narsalardan pok bo’lish kerak.Shuning uchun hamma yerdan mushaklarning ovozi eshitiladi. Mushaklarning ovozi va uning yorqin ranglari bayramona muhit hosil qiladi. Bayram kunlari savdo markazlariga borishadi. U yerda ajdaho va sherlar raqsini tomosha qilishadi, turli suvenirlar sotib olishadi va shirinliklar yeyishadi. Bu savdo markazlari sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.Oxirgi 10 yil ichida ko’p an’analar o’zgardi. Lekin har qanday xitoylik uchun qayerda yashashidan qat’iy nazar bahor bayrami yilning eng asosiy bayrami bo’lib qoladi, chuchvaralar va mushakbozlik uning ajralmas qismlaridir.

Ularning yana bir bayrami Qing Ming jie – Xotira bayramiQing Ming bayramida doim chiroyli bahor havosi bo’ladi. Bu bayramda odamlar yaqinlarining va o’tganlarning qabrlarini ziyorat qilgani borishadi. Xitoylik uchun kattalarga hur-mat an’analar-ning eng asosiy-si hisoblanadi. Shuning uchun ular ajdodlarini eslab ularga hurmat bildirib turishadi.Qing Ming kunida odamlar qabristonlarga bori-shadi. Ular qarindoshlarining qabrlarini qarab, tozalab, ularga hidli tayoqchalar yoqib, ovqat qo’yishadi va qog’oz pullar yoqishadi. Bu bilan Xitoyda o’lganlarga o’z hurmatlarini bildirishadi. Ularni eslab turishlarini ko’rsatishadi.Bu paytda qabrlar ustida yosh nihollar o’sadi. Daryolar qirg’og’i nozik ko’katlar bilan qoplanadi – hamma yer yashil rang. Bu bahor sayli uchun juda yaxshi vaqt.Qadimda odamlar shahardan tashqariga chiqishni sayr qilishni yoqtirganlar. Bu “ta zin” deb ataladi. Ya’ni “yosh nihollarni bosish” degan ma’noni anglatadi. O’lganlarni xotiralashda tolning novdasini sindirib, qabrga sanchib qo’yishadi. Bu yovuz ruhlarni haydaydi, deb hisoblashadi.Hozir bu an’analar o’zgargan.Mamlakatda asosan o’lganlarni kuydirib, hokini maxsus idishlarda saqlash yo’lga qo’yilgan. Lekin xotiralash an’anasi “ta zin” hali ham qolgan. Har yili Qing Ming kunida odamlar har xil yo’llar bilan o’tganlarni xotirlashadi.Ular aylanishga chiqadilar. Toza havodan bahramand bo’lishlarida yosh nihollar va gullar ularga zavq bag’ishlaydi.

O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi.

O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.

Har bir millatning, xalqning o'zligini uning milliy urf-odatlari va an'analarida namoyon bo'ladi. Milliy qadryatlar ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan beba


Izohlar