YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ga hamda kuchli ijtimoiy siyosat prinsiplariga asoslangan holda yoshlarning huquq va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qator qonunlarda mustahkamlab qO’yildi.

Mazkur islohotlarning davomi sifatida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2016 yil 15 sentyabrdan kuchga kirdi. Qonunga ko’ra, yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatini rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi ko’zda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choralar tushuniladi. Hujjatda “yosh fuqarolar” (14 dan 30 yoshgacha bo’lgan shaxslar), “yosh oila”, “yosh mutaxassis”, “yoshlar tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to‘xtalib o’tilgan. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari tariqasida ochiqlik va shaffoflik, yoshlarning mazkur siyosatni amalga oshirishdagi ishtiroki, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish va targ’ib qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2016 yil 7 oktyabr kuni Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovna Falsafa fanlari doktori, professor, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi vakili, Muxitdinova Feruza Abdurashidovna Yuridik fanlari doktori, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, Choriev Ikrom Abdushukurovich Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda so‘zga chiqqanlar Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganievich Karimov raxnamoligida novqiron avlodning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning kelajagi yo‘lida doimiy g’amxo‘rlik ko‘rsatishning milliy tizimiga asos solingani ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda talaba-yoshlarga Qonunni mazmun-mohiyatini chuqurroq singdirish hamda yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish maqsadida turli interaktiv usullardan foydalangan holda qizg’in bahs-munozaraga boy tarzida o‘tdi.

Ishtirokilar tomonidan mazkur qonunga oid savollariga mutaxassislar tomonidan aniq tushunarli javoblar berildi.

2016 yil 7 oktyabr kuni o'tkazilgan Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida targ’ibot tadbiridan.


Izohlar