O’zbekistonim manim

Ey,ko’zimning qorasi, ey jonimning tolasi,

O’zbekiston,dunyoning jannatmakon xonasi,

Ey,ellarning sarasi,ey, oftob ning jolasi,

Sening farzanding bo’lmoq- faxr, asli vatanim,

Navoiy, Bobur , Mashrab, Temur nasli Vatanim!


Baxtlarga ko’milgan yurt, yog’duga cho’milgan yurt,

Istiqloli, iqboli, istiqboli kulgan yurt,

Ilm-u ma’rifatning g’ishtidan qurilgan yurt,

Nur yo’g’rilgan bahorim, Olloh bergan diyorim,

Qodiriy, Usmon, Cho’lponlar tug’ilgan diyorim!

Hamisha bag’ri bahor, el-ulus ahli bahor,

Yuragi yorug’, hatto yantoqlari betakror,

Yantoq demang, yantoqning yaproqlari bretakror,

Jilvador tabiating borligiga ming shukur,

Behbudiy-u Fitrating yorligiga ming shukur!


Ey, kiprigim qalqonim, ey,jonim ichra jonim,

Tomirimda qon misol, gurkiragan tug’yonim,

Ey, yovlarning armoni, ey yashnagan makonim,

Qarog’im qa’rida qalqqan- ona makonim manim,

Jahon bag’rida yakka- O’ZBEKISTONIM manim!!!


Istamova Dilafro'z


Izohlar
  • Chiroyli she'r! Ingliz tilidagisini ham kutib qolamiz!

    yozilgan 00:46 13.06.2016
  • Shu she'rizni ingliz tilidayam o'qiganman, xalqaro antologiyada. Ingliz tilidagisini ham qoysayiz yaxshi bo'lardi

    yozilgan 18:32 12.06.2016