Shukurlar bo`lsin O`zekistonga.

Shukrlar bo`lsinkim,biz istiqlolga erishdik! O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach, yurtimizdagi sharoitlar tubdan o`zgardi. 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgan bo`lsak, qariyib 25 yil bo`libdi. Shu davrgacha O`zbekistonimiz rivojlanib, boshqa rivojlangan davlatlar safidan joy olgani hammamizni lol qoldiradi va ildan qadam yurishga chorlayshi ajab emas. Qanchadan –qancha binolar, yoshlar markazlari, barkamol avlod markazlari, musiqa va san`at maktablari, sport maktablari, o`quv maskanlari, letsey,kollej, institutlar yangi tipdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan maktablar qurilib, yanada barkamol inson bo’lishimizga asos bo’lmoqda.

- Vatan ostonadan boshlanadi.

- O'zbekiston-hur va obod yurt.

- Biz buyuk allomalar avlodimiz.

- Kim nimani yaxshi ko'radi?

Vatanni oq sut bergan onaga qiyos qilishadi.Onavatan deb mehr bilan aytishadiOna vatanimiz ozining boshidan qanchadan-qancha qaygu alamlarni otkazdi,lekin magrur elim hamisha qiyinchiliklarga bardosh berdi. Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq.

Bu vatanni sevmaslik gunoh,

Bu vatanga jon nisor bo’lsin,

O’zbekiston – iqboli porloq,

Eli mudom baxtiyor bo’lsin

Ona yurtimizdagi gozal boglarni,purviqor toglarni,joshqin daryolarni, paxtazor va bugdoyzorlarni,samoda parvoz etayotgan qushlarni, tinchlik, ozodlik qoshiqlarini kuylayotgan insonlarni sevamiz,ular bilan gururlanamiz.

“14 yanvarVatan himoyachilari kunini nishonlash oquvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuygularini mustahkamlash, uni organishga imkoniyat yaratadi. Shuni aytish mumkinki, harbiylik kasbi kishidan boshqa kasblarga nisbatan koproq mardlik, matonat va fidoyilikni talab etadi. Ozida vatanparvarlikni, mardligu jasoratni,va ishonchu gururni yoshlarimizning kelajagi va maqsadlariga aylanib bormoqda.

Bugungi yoshlar mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ertasi. Zotan, biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini his etib yashayotgan har bir yosh avlod Mustaqil yurtimizning kelajagidir.

Shukurlar bo`lsin O`zekistonga.


Izohlar
  • Vatan deganda nimani tushunasiz?

    yozilgan 14:07 13.05.2016
  • Siz vatanni sevasizmi?

    yozilgan 14:06 13.05.2016
  • Vatan haqida nimalarni bilasiz aziz yoshlar

    yozilgan 14:06 13.05.2016