Oila , jamiyat va farzand


1.Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.

Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf odatlarini o`zida sinovdan o`tkazadi. Yaxshilarini o`z bag`rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o`z farzandlarini tarbiyalab, umum insoniy qadryatlarni singdirish bilan ularga boshlang`ich ijtimoiy yo`nalish beradi. O`z farzandlarini katta oqimga – jamiyatga qo`shish bilan esa oila jamiyat yo`nalishi, iqtisodiyoti, ma`daniyati va ma`rifatini ham belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblanib kelgan. Xususan, o`zbek oilalarining serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Bizning millatda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro`zg`or tutishi, farzandlarni odobli ma`naviy etuk bo`lib komil topishini keksalar, ota-onaning ro`li katta. O`zbek oilalari o`zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibati va boshqa qadryatlari bilan ajralib turadi.

1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega . Nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, deb yozib qo`yilgan. Respublikamizda Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining qabul qilinishi oila manfaatlarini takomillashtirish yo`lida qo`yilgan muhim bir qadam bo`ldi. Ushbu Kodeks oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o`zaro hurmat, hamjihatlik, oila a`zolari o`z huquqlarini hech qanday to`siqlarsiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ifodalaydi. Oila Kodeksi - O`zbekiston Respublikasida oila munosabatlarini tartibga soluvchi yogona tizimga keltirilgan qonunlar majmuasidir. Huquqning alohida tarmog`i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E`tiborlisi, Oila Kodeksi mamlakatimizda “Oila yili” deb e`lon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 bo`lim, 30 bob 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator oilaviy huquq munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindosh-urug`chilik, bobo-buvilar va nabiralar o`rtasidagi munosabatlarni yangicha talqini), umum insoniy qadryatlar aks etganligi (nikoh shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi kabi hollar.

Kodeks Respublikamiz yerli xalqning milliy hususiyatlarini to`la hisobga olgan. Oilada ota-onaga va katta yoshdigilarga nisbatan hurmat ko`rsatish, ularning duolarini olish, kichiklarga nisbatan shafqatli bo`lish, hovli joylarni supurib-sidirib, suv sepib tozalikni saqlash, idish-tovoq, uy-joylarni pokiza tutish, oila a`zolarining barchasi to`planib dasturxon atrofida shirin suhbat qurish oilaviy rejalarni belgilab olish kabilar sharqona oilaga xos ajoyib hususiyatlardir.

Sharq oilalari o`zlarining ko`p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlariga ega bo`lib, aynan oilada demokratik negizlarga asos soladi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadryatlari shakllanadi.

3 Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.

Dastlabki bosqich – Oilaning tashkil bo`lish davrining o`z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o`rtasida yangi munosabatlar shakllanadi. Bu o`ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turli tabiatga ega kishilarning bir-biriga moslashish davri bo`lib o`rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy mikro iqlim yaratiladi. Oila sog`lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo`lib, har bir insonning dastlabki gigiyenik ko`nikmalarga o`rganishi, undagi sog`lom turmush tarziga bo`lgan dunyoqarashning shakllanishi aynan oilada boshlanadi.

Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug`ilishi va ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqandi. Odatda, oilalar yanada mustahkamlanish davrini o`taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo`lishi, bir-birini qo`llab- quvatlashi, xalq maqollarining birida aytilganidek, “er-xotin qo`sh xo`kiz” qabulida ish tutilishi oilani yanada mustahkamlaydi, bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Oilaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo`lib, bunda odatda oilaning moddiy sharoitlari asosan yaratilgan bo`ladi, er-xotin e`tibori joriy masalalarga qaratiladi. Er-xotin bir-birini yaxshi o`rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Oila rivojlanishining so`ngi bosqichi – oilaning sekin-asta so`na borishi va uning tugashi bilan tafsiflanadi. Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalar-da har qaysining o`z hayoti, o`z muammolari bilan band bo`lib qolishi tufayli er-xotinning yolg`izlanib, o`z salomatligi masalalari bilan shug`ullanishi, bir-biridan bir muncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda er-xotin bir-biriga yordamlashib keksalik gashtini surishi, unga moslashishi lozim.

4. Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma’naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog’lomOila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma’naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog’lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat –ku! Bu – hamma millat, hamma davlat, hamma xalqlar zimmasigagi sharafli vazifa.Oila dastlab ikki kishidan barpo bo’ladi. Shaffof irmoqlar biri biriga qo’shilib jo’shqin soy, daryolarni tashkil qilgani kabi o’zbeklar uchun katta oilalar urf hisoblanadi. Qo’shgani bilan q’osha qarishni, serfarzand bo’lishni, hamma bolalari yig’ilib kelganda uyi to’ydek bo’lib ketishini, chiroyli qarishni orzu qilmagan o’zbeklar, oila sohiblari topilmasa kerak.Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan. O’zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otgan xususiyatdir. O’zbek oilasida ayol, ona ana shu qo’rg’onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo’tabar insonlardir.Qur’oni karimda, hadislarda ayol – onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan o’rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani , shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy muhitini yaratuvchi mo’tabar zotdir.Momolarimiz o’z cheklariga tushgan bu qutlug’ vazifani juda sidqidildan bajarib kelganlar. Ana shu momolar o’gitini eslash, tiklash, rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarning bir uchquni desak to’g’ri bo’lar.Qaysi yo’nalishda bo’lishidan qat’i nazar, mamlakat taraqqiyotiga oid hamma dasturlarda millatning yuzi, nozik qalbi, op-nomusi bilan bog’liq ma’naviy qadriyatlarga qayta-qayta murojaat qilinishi, ulardan quvvat olinishi, e’zoz bilan qaralishi bejiz emas. Oila – bashariyat yaratgan bebaho, yombi ma’naviy qadriyatdir.Qalbning iymonli va rahmonliligi yoki, aksincha, bag’ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.Onalarimiz bu muqaddas vazifani juda oddiy yo’l bilan, ya’ni odobi, demakki xalq odobining eng ibtidoiy, lekin umri boqiy, qadri abad qirralari – kattalarga hurmat, kichikka izzat, murosai madora, yulduzga yulduzni moslab yashash kabilarni singdirish, bu fazilatlarni zamonga qarab rivojlantirish, oilaning har bir a’zosi ruhida turg’un qilish bilan o’taganlar. Oqibatda xalqimizga ulug’ farzandlarni etishtirib berganlar.Yuqorida oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, aytish kerakki – davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xalq , necha xil millat, necha xil mamlakat bo’lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan o’rni xususida alohida varaqlardan tortib, katta-katta ensiklopediyalargacha, hukumat qarorlari, nizomlardan tortib, kodekslargacha uchratish mumkin.Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar.Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday katta e’tibor berishi, turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz emas.Bizda oilalar qurayotganda an’anaviy ko’rsatmalarga amal qilinadi.Asrlar davomida ma’naviyatimiz boyib borayotganiga, oilalarimiz mustahkamligiga bu ko’rsatmalarning insonparvarligi, umrboqiyligi sabab bo’layotgani ham sir emas.Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni, ibratli insonlarni tarbiyalaydi.Voyaga yetayotgan har bir kishi oila to’g’risidagi yaxshi ko’rsatma, yo’riq, tuzuk, qonun- qoidalarni yaxshi bilishi lozim. Ana shu bilim va istak ularning o’z oilalarini ko’rkam tuzuvlariga, shu kichkina mamlakatlarni to’g’ri boshqaruvlariga yordam beradi. Oilada pohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir.Bordi-yu oila tuzuk bo’lmasa, tarbiyaga ham e’tibor berilmasa, qancha buyuk bo’lsa ham, bunday millat dunyoda uzoq yashay olmaydi.Buni donishmandlar ko’p ta’kidlashgan: “Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz yo bo’lmasa, hech bir zamon e’tibor bermasdan qoladiganimiz – oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz quradi… Agar bir millatga bunday hol ro’baro’ kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochiladi…”Shuning uchunham hamma asrlarda, hamma xalq va millatlarda dunyoning buyuk olim va fuzalolari,taniqli adiblari umrlarining oxirigacha qimmatli soatlarini oilani yaratish, uni barqarorlashtirish, insonni eng noyob farog’atdan bahramand qilish baxtiga muyassar etish ustida bosh qotirib o’tkazadilar.Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, davrlar o’tishi, “zamonlar o’zgarishi” bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o’zgarib, tobora takomillashib boraveradi.

5. «Hech bir ota bolasiga yaxshi odobdan

ortiq hadya bera olmaydi.»

Sog’lom avlod tarbiyasi- hozirgi kundagi eng ustuvor va muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki sog’lom avlodni tarbiyalash- sog’lom turmush tarzini yaratishni va shakillantirishning muhim bo’lagi hisoblanadi. Xozirgi kunda mamlakatimizda sog’lom turmush tarzini yaratish borasida juda ahamiyatga molik bo’lgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qilinayotgan ko’pgina hayrli ishlar, yoshlarga yaratib berilayotgan shart- sharoitlar, sog’liqni saqlash borasida qilinayotgan ko’zga ko’rinadigan ishlarning ko’pchiligi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga sog’lom turmush tarzini yaratishda boy madaniy an’analarimizning roli ham beqiyosdir.

Farzandga ilm, xunar o’rgatish farz. Ilmli kishilar doimo el orasida xurmatga loyiq bo’lib, alohida e’zozlanadilar. Araboblarda «yoshlikda olingan bilim go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir» degan naql bor. Shunday ekan ilm olishga yoshlikdan harakat qilish kerak. Har bir kishi yoshlik davrini g’animat bilib, beparvo bo’lmay, kelajakda o’zi va xalq manfaati, baxt-saodati yo’lida foyda beradigan bilim olishga intilmog’i lozim. Bu borada arboblarimiz: «Ilm sahroda do’st, hayotchorrahalarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, bahtyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu – ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», deganlar. Ha, darhaqiqat sog’lom hayot va sog’lom turmush tarzini yaratish- oiladan, ya’ni farzand tarbiyasidan boshlanadi.

oila haqida maqola


Izohlar
  • Oilada birinchi masala nima

    yozilgan 13:51 13.05.2016