O'zbekiston bu

O'zbekiston bu

Bobolarining nuri sochilgan,

Mustaqil yurt obod yurtdur bu.

Azoblarning izi yoyilgan,

Kelajagi buyuk yurtdur bu.


Shoirlarning qalami singan,

Nurafshon yurt nurli yurtdur bu.

Jannatlardan andoza olgan,

Mening jannat vatanimdur bu.


Bobolarim jonini bergan,

Xalqi kuchli g'ururli yurt bu.

Kelajakga umidla boqgan,

Mehri daryo mehrli yurt bu.


O'zbekiston nomini olgan,

O'zbek yurti beklar yurti bu.

Haqiqatga tik boqa olgan,

Chin yurakdan hasta yurtdur bu.


Chamanlari titroqga solgan,

Avval armon so'ng dostondur-u.

Butunlay dunyo hayratla boqgan,

O'z yeriga ega yurtdur bu.


Xatolarin bilib bilmagan,

Yolg'onlarga yuzin burmagan.

Tilin tishlab yerni tirnagan,

Osmonlardan yuksak yurtdur bu.


O'zbekiston nomin oqlagan,

O'zbek yurti beklar yurti bu.

Kelajagi mangu barhayot ,

Jannat yurtim O'zbekiston bu.

O'zbekiston bu


Izohlar
  • Uzr xato ketibdi Butunlay emas Butun...5-qatorda

    yozilgan 13:38 02.05.2016