Tayanchingman Vatan!


Hozirgi kunda bo`layotgan yovuzliklar,notinchliklar butun dunyoni larzaga solmoqda.Qanchadan-qancha begunoh insonlarning ko`rpasini quritmoqda.Ne-ne o`g`lonlar bu notinchliklar girdobida qolmoqda,hali hayotni tushinib ulgurmagan jajji go`daklar jabr ko`rmoqda.Bularning barchasi ayanchli holat,ha, juda ayanchli holat.Shunday ekan shu yurtning farzandi,kelajagi sifatida o`z Vatanimizni asrab-avaylamog`imiz darkor.Uni yovuzlardan,yod g`oyalardan saqlamog`imiz lozim.Axir yoshlarga berilayotgan ulkan shart-sharoitlar bejizga emas,biz shu imkoniyatlardan oqilona foydalanib,yurtimiz kelajagi,rivoji uchun o`z hissamizni qo`shmog`imiz zarur deb o`ylayman va umid qilamanki nafaqat men,balki juda ko`p yoshlar ham shu fikrda...

Dunyoda bo`layotgan oz`garishlarga agar biz,loqaydlik bilan qarasak,bu bizning eng katta qilgan xatoimiz bo`lib qolishi mumkin,Shunday ekan aslo loqaydlik qilmay,o`z imkoniyatlarimizdan to`laqonli ravishda foydalanib,yutimizni yanada yashnashiga o`z hissamizni qo`shmog`imiz kerak.Yuqorida aytganimdek,loqaydlik inson qilishi mumkin bo`lgan eng katta xatolarning biridir.Sababi loqayd inson o`z jamiyatiga foyda emas zarar keltishi mumkin,Uning beparvoligi yomon oqibatlarni olib kelishi va bir kun o`z boshini yeyishi mumkin.Zero,loqaydlik deb atalmish illat,inson ravnaqi uchun emas balki aksiga xizmat qiladi desam mubolag`a bo`lmaydi.

Vatandoshlarimga ham o`z Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishlikni va loqaydlikdan o`zlarini asramog`lari lozizmligini qaytta-qayta ta`kidlamoqchiman!



Dinora Qosimova Toshkent shahridagi INHA universiteti talabasi.


Izohlar