Mardlar qo'rqlaydi Vatanimizni!

Yurtim, yovning quyuni kelsa boshingga,

Ko'kda oftob yog'dusi asraydi bizni.

Seni dovullardan, seldan panalab,

Har siqim tuprog'ing saqlaydi bizni.

Minglab Tunyuquqlar, shoh imoratlar,

Ko'hna bir tarixning taratsa isin,

Barchining uchun Boychibor mingan,

Sara Alpomishlar asraydi bizni.

Savlat-u g'ururing Pomir aksida,

Bezaydi diyoring sarhadlarini.

Chorbog'ing husniga sayqal berguvchi,

Obihayotlaring asraydi bizni.

Ulug'bek ilmini Abdultifdan,

Riyokor dushmandan saqlagan Qushchi.

Shayboniy panjasin tilimlab, quvgan,

Temuriyzodalar asraydi bizni.

Shashqator yosh to'kma ey, onayizor,

Havasla ko'rsinlar xur holimizni.

Iymoni ko'ksida hilpirar-bayrog',

Mardlar qo'riqlaydi vatanimizni!

Sizlar borsiz kunlarimiz osuda, tunlarimiz sokin va yurtimiz tinchdir.

Toshket shahri INHA univarsiteti talabsi Komiljonova LObarxon


Izohlar
  • Ajoyib she'r

    yozilgan 06:25 13.04.2016
  • Yana shu kabi ajoyib she'rlarni kutib qolamiz!

    yozilgan 14:07 02.04.2016
  • Qoyil,she'r har taraflama ajoyib chiqqan! Tanlovda omad!

    yozilgan 14:01 02.04.2016
  • She'rga gap yuq. Juda ham ta'sirli.

    yozilgan 22:16 01.04.2016
  • Ajoyib she'r yozibsiz Lobar juda ham ta'sirli!

    yozilgan 19:19 01.04.2016
  • Gap yo)) ko'pro yozib turin shunaqa she'rladan

    yozilgan 23:40 31.03.2016