Ajdodlarimiz merosi umrboqiy xazinamiz

Siz hozirda qanday maskanda istiqomat qilayotganingizni hech teran anglab yetganmisiz?!.. Ayni vaqtda, siz yashayotkan o’lkada kimlar, qanday basharlar umrguzaronlik qilib o’tkanlarini tasavvuringizga sig’dira olasizmi?!

Bu so’zlarga yengillik bilan yondashish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Albatta, har biringiz bu savolimga javob bera olasiz, biroq, ushbu so’roqning chuqur moxiyatini tushunib yetmoqlik insonning komilligidan nishonadir.

Qay jabxaga yuzlanmaylik, barida millatimizning qadimiy o’tmishi, xalqimizning ulug’ darg’alari yillar davomida izlanish hamda mehnatlari orqali egallagan ilm-u tafakkurlari nafaqat obod mamlakatimiz rivoji, balki butun jahon yuksak taraqqiyotining bebaho xazinasidir.

Yuqorida keltirib o’tganimdek, milliy ma’naviyatimiz asoschilari deyarli barcha soxaga o’zlarining bepoyon hissalarini meros qilib qoldirganlar. Masalan, she’riyat maydonini olib qarasak, darhol ko’z oldimizda nazm sultoni bo’lmish Mir Alisher Navoiyning tasviri gavdalanadi. Ushbu adabiyot namoyondasining beqiyos ijod maxsullari boring-ki borliqni larzaga solmoqqa qodir qudratga egadir. Uning xomush g’azallaridan vujudingiz titrab, o’zingiz bilmagan holda hayolingiz shoirning faryodiga birikib ketadi. Shodmon misralarga ko’zimiz tushar ekan, bexos chexramizga iliq tabassum yuguradi. Aytilgan so’zlarimning dalili misolida quyidagi baytlarni keltirmoqlikni afzal bildim..

Oshiq o'ldum, bilmadim yor o'zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig'a el mayli bo'lg'ondin ko'ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.

Shoir ijodidan ilxomlangan barcha ijod ahli hozirgi vaqtga qadar shu singari go’zal g’azallarni kuylarga solib xalqning olqishiga sazovor bo’lib keladilar.

O’zbekiston zaminida nafaqat Alisher Navoiy kabi ulug’ zot, balki uning Hondamir, Davlatshox Samarqandiy, hamda Bobur singari zamondoshlarining milliy ma’naviyatimizni yuksalishida yirik mehnatlari singan..

Biz hech qachon ajdodlarimizni kelasi avlod uchun qoldirgan tengsiz merosini sanab adog’iga yeta olmaymiz. Zero, aynan ular tufayli biz hozirgi kunda har tomonlama to’kis, mufassal hayotdan bahra olmoqlik baxtiga muyassar bo’ldik.

Maqola ma'naviyat darg'alarining naqadar buyukligi, ularning joriy hayotimizdagi yirik axamiyati Toshkentdagi Inha Universiteti talabasi N. Farangizkhonim


Izohlar
  • Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim, Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.

    yozilgan 14:12 01.04.2016