Milliy mahsulot. Milliy g'urur.

Milliy mahsulot. Milliy g'urur.

O'zbekiston AKT sohasida ancha odimlab bormoqda. Hozirgi kunda AKT sohasini rivojlantirish uchun davlat dasturi tuzilgan bo'lib, shu asosida ildam qadamlar tashlanmoqda.
Har bir o'zbek oilasizning xonadonini egallab ulgurgan Artel kompaniyasi, bunga yaxshi misol bo'la oladi. Hozirgi kunda bu korxonaning, O'zbekistonni har bir viloyatidan o'z savdo shaxobchasini mavjud. Xorijiy davlatlarda ham o'ziga yarasha mavqega ega, u yerda ochilgan bir nechta asosiy savdo markazlari ham aynan ular amalga oshirayotgan ishlar natijasidir.
Yaqinda bu mahaliy korxona Google kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Endilikda bu ikki kompaniya birgalikda "General Mobile " mobil qurilmasini ishlab chiqarishmoqda. Bu qurilma arzon va sifatliligi bilan barchani lol qoldirdi. Barchamimizga ma'lum, mobil qurilmalar borasida bir nechta korxonalar jahon bozorini monopoliyaga aylantirib ulgurishgan. Lekin "General Mobile" ning texnik tavsilotlar, o'sha siz maqtaydigan, bir qismi tishlangan olma mahsulotlaridan bir muncha yaxshiroq, narxi esa hamyonbop. Asosiysi milliy mahsulot.
Hozirda ushbu korxona Markaziy Osiyo davlatlari orasida peshqadamlikli qo'ldan boy bermasdan kelmoqda. Ishonchim komilki, milliy kompaniyamiz dunyoning kuchli kompaniyalari qatoridan munosib joy oladi.

General mobile


Izohlar