aql ishtalib gapirila. бесите уже своей тупизной
So'z boshida sizga bir savol bilan to'xtalsam.. Yo'lingiz hech odmi bir qishloqning ostonasiga tushganmi?..
Olisdan Marg'ilonning bir-biridan ko'rkam, nafis ko'chalarini kezib borar ekanman, hayotimning mazmunga boy, orzularga ko'milgan bolalik yillari bevosita ko’z oldimda gavdalanadi-yu, yuzimga daf’atan yosh yuguradi. Demak, yillar bizdanda dono, bizdanda epchilligini isbotlamoqda..
Bolalik davrim Marg’ilonning kamtarona bir qishlog’ida, bobom va buvijonimning ko’z ostilarida o’tdi. Shu qishloqqa qadam qo’ygan daqiqalarimdan buyon ko’nglimda o’zim uchun vatan nomini kashf etdim. Qishloqning barcha sofdil va sodda insonlari, qo’shni qizlarning samimiy kulgusi va xushaxloqi, jonkuyar keksalarning g’amxo’rligi meni qishloq hayotiga bo’lgan muxabbatimni kurtak ochishida katta ahamiyatga egadirlar.
Har tong, odatga ko’ra, qo’shni kelinchaklarning bir-biridan bejirim liboslarda azonda turib ko’chaga suv sepishlari-yu, supurishlarining tovushidan elas-elas ko’zimni ocha uyg’onar edim. Nazdimda, doimgidek, yana bir yoqimli, sarguzashtga boy kun meni qarshilashi kerak.
Dasturxonga o’tirmasimdan avval, buvijonim yopgan kulchalarining isi dimog’imni qitiqlab, zavqimni oshirardi, go’yoki, shu vaqt mendanda baxtiyor kimsa yo’qdek olamda..
Oppoq iroqi do’ppilar, ko’ylak lozimlarda yurgan qo’shni qizlar dalaga chorlashardi, tol bargaklarini sochlarimizga ulab, momaqaymoqlardan gulchambarlar yasar edik. Har kunimiz, moviy osmon ostida bir-biridan quvnoq va qiziqarli o’yinlar, qo’shiqlarga boy o’tardi.
Darhaqiqat, o’zbek xalqining qadimiy udumlari, an’analari o’ziga xos, hech bir millatnikiga o’xshamaydi. Ayting-chi, qaysi elatning odamlari bizning singari boshpanasining ozodaligi uchun har erta tong erinmay supuradi, pokiza saqlaydi?! Qay yurtda bizning xalq kabi ko’chadagi yetti yot begonani ham qondosh ko’rib, undan bor yordamini, ko’magini ayamaydi?!..
Bir so’z bilan aytsam, xalqimning millatparvarligi, sahovatpeshaligi, birgina ezgulikni targ’ib etishi meni shu kungacha hayratlantiribgina qolmay, qalbimga o’zgacha bir faxr tuyg’usini joylaydi. Vatan tuyg’usini qalbimda yuksaltirgan, hayotimga bebaho bolalikni, bir umrga ko’nglimga muxrlangan totli xotiralarni armug’on etgan qishlog’imga mingdan-ming ta’zim aylayman.
Maqolada bolalik davrimning o'chmas sahifalari, umrimning eng shirin, beozor damlaridan iborat yillar hamda o’zbek millatining o’ziga xos udumlari tavsiflanadi.