Osoyishta tun!

Ko'klamning iliq va hushboy tunlaridan biri. To'satdan uyqim qochdi, ayvonda uhlab yotgan keksa buvimga, qator ukalarimga mehr bilan tikildim. Hotirjam, shirin uhlashmoqda. Kichik ukamning ochilib qolgan yelkalarini yoptimda, tashqariga chiqdim. Qiyg'os ochilgan Qo'qon giloslarga, tim qora osmonga tikilar ekanman, yonboshlab yotgan to'lin oy jilmayib turgan onamni eslatdi. Darvoqe, onam – mahalla, el yurt salomatligi ucun kuyib pishgan onam, rosa charchagandir-a? Onam ertaklarida quyoshni – ota, oyni – ona, yulduzlarni – bola deb o'rgatgani uchun, quyoshni otamga qiyoslayman. Juda baland, ulkan, tik qarab bo'lmaydi. Ayni chog'da mehri barchaga taftli. Atrof naqadar osuda. Ertangi rejalarni tuzar ekanman, archa daraxti shoxida o’tirgan ukkiga ko'zim tushdi. Hayron bo'ldim, shaharda ham ukki bo'ladimi? Qizil kitobga kiritilgan bu qush demak ancha ko'payib qolibdi deb oyladim va “ozimizning ukki” dedim ichimda. Chuqur nafas olib, toza, iforli havodan simirdim. Birdan hayolimga yurtimiz atrofida bo'layotgan notinchliklar, jangu-jadallar keldi, yuragim guppulab urib ketdi. Dunyo ummonida zarradek bo'lgan O’zbekistonimning shu hotirjam hayotiga ko'z tegadigandek, shukronalar keltirdim. Qani endi ulkan bo'lib qolsam-u, O’zbekistonimni kaftimda asrasam, yoki shunday bir ihtiro yaratsam-u, samo yoldo'shidan turib chegaramizni ko'rinmas zirh devor bilan o'rasam. Lekin, ichimizdagi dushmanlardan, yod g'oya va fikrlar tarqatuvchi axborot kommunikatsiyasidan qanday asrayman? Har bir telefon tutgan tengdoshimga, dunyo telekanallarini ko'rayotgan ukalarimga, turli web saytlarga kirayotgan fuqarolarga hadik ko'zi bilan qarayman. Ahir, o'sha dushmanlar orasida o'zbek vatandoshlarimiz borligi barchani larzaga keltiradi. Ogoh bo’ling, milliy mentalitetimizni saqlab qoling!

Mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun o'qing, o'rganing degim keladi. Shu kunlarda eng katta xatarlardan biri Iroq va Shom davlatining asl qiyofasini tushintirgim keladi. Terrorchi tashkilot – Iroq va Shom davlati 2013-yilda Suriyada tashkil topdi, so'ng Iroqda ham jang olib bordi. G'oyasi – hududiy davlat tuzishga qaratilgan bo'lib, bu tashkilotga 2010-yildan beri “Abu Bakr Bag'dodiy” degan shahs boshchilik qilmoqda. “Islom davlatini qurish uchun jihot qilish” degan shiorni bayroq qilgan qonho'rlar, «Qur’oni karim» oyatlarini teskari tashviqot qilib, o'z g'oyalariga ergashgan insonlarni qatl qilmoqdalar. 2013-yilning yozida, 10 mingdan ziyod terrorchilik harakati sodir etib, 80 ga yaqin portlatishlarni amalga oshirdilar.

Ishidning salbiy tomonlari vayronagarchiliklar, qotilliklar bilan chegaralanib qolmay, turli va'dalarga ishonib urushga qoshilgan yoshlarni yana mamlakatlariga qaytib borib, o'z g'oyalarini atrofga tarqatishga undashi, butun dunyo uchun katta fojiaga aylandi. “Islom davlati” shiori ostida siyosiy maqsadni ko'zlab, dinni niqob qilib olgan kimsalarning asosiy maqsadlari, Islom ma'rifatini tarqatishga yo'l qo'ymaslik, butun olamni Islom dinidan qo'rqitish, yoshlarni jihod shiori ostida vayron qilish, ilmli va ma'rifatli kimsalarni yo'q qilish, musulmon o'lkalarida fitna uyushtirib nizo chiqarishdir. Ishid bosqinchilari egallagan hududlaridagi neftni sotish evaziga daromad topib, odamlarni qul qilib sotmoqdalar. Ma'lumotlaga ko'ra terrorchilar soni 100000 ga yaqinlashmoqda. Eng achinarlisi, hatto “Al –Hansa” va “Um al-Rayon” nomli jangari ayol to'dalari ham paydo bo'lgan.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytamanki, men o'zim kabi yoshlarni, ota-onalarni, ustozlarni hamjihat faoliyat ko'rsatishga chaqirib qolaman. Ko'klamning iforli tuni yarimlab qoldi. O'z hayollarimdan o'zim ta'sirlanib hadik va havotirimdan sizlarni ogoh etar ekanman, muhtaram Prezidentmiz Islom Karimovning quyidagi so'zlarini esladim. “Biz yoshlarni hech kimning qo'liga berib qo'ymaymiz. Ularni o'zimiz tarbiyalaymiz.”

Vatan sen mening suyanchig'imsan. Toki boshim baland, uyqum tinch, ko’ksimda mehring ila yurak urar ekan, seni hech kimga berib qo'ymaymiz. Seni ko'z qorachig'mizdek asrash yo'lida jonimizni fido qilishga ham tayyormiz!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi, Kholmatova Madinabonu


Izohlar
  • Good my sister

    yozilgan 10:35 31.03.2016
  • Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida notichlik hukm surayotgan bir paytda,odamlar qorin to'yg'azish uchun navbatda turgan pallada bizning jonajon

    yozilgan 21:53 29.03.2016
  • Tun og'ushada yozilgan maqola bo'lsa ham, juda ma'noli va shu bilan birga zamon talabiga mos keluvchi maqolalardan biri deb qo'rqmay takidla

    yozilgan 14:06 29.03.2016
  • Zamon talabiga mos ish. Gap yuq

    yozilgan 02:28 29.03.2016