Buxoro - Sharq Durdonasi [Virtual Sayohat]


Buxoro —asrlar mobaynida Sharqning ma'rifat va diniy markazi sifatida dunyoga mashhur bo'lgan qadimiy shahardir. O'tmishda savdo va madaniyat jihatidan u Turon —Turkistonning Balx, Hirotning, Marv (Mari), Samarkand, Termiz, Nasaf (Qarshi), Choch-Shosh (Toshkent) va Xorazm (Xiva) singari mashhur shaharlari orasida munosib o'rin egallagan.

O'rta asrlarda Buxoro Movarounnahrning yirik savdo, hunarmandchilik va ma'muriy markazi bo'lgan. O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarini Hindiston va Xitoy bilan bog'lovchi qadimiy xalqaro savdo yo'li aynan shu shahar orqali o'tgan va bu yo'l mashhur fotihlarning zafarli yurishlarida harb yo'li sifatida ham xizmat qilgan. Ana shu qadimiy karvon yo'li bo'ylab faqat savdo karvonlarigina emas, balki yaqin va olis mamlakatlarning elchilarnyu, sayyohlari, darveshlari ham o'tishgan.

Ko'pincha goh g'arbdan, goh sharq, goh shimol yoki janubdan Buxoroga istilochilar qo'shinp bostirib kirib, uni ayovsnz taladi, xalqini jabrladi. Biroq, shunga qaramay, Buxoro, ilk o'rta asrlardayoq qadimiy Turonning madaniy va ma'rifiy markaziga aylandi. Bu erda diniy va dunyoviy fanlar (tarix, she'riyat, as tronomiya, tibbiyot, Matematika, huquq va boshqalar) rivoj topdi. Buxoroda o'z davrining buyuk olim va mutafakkirlari Ismoil Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn Sino, Xoja Bahouddin Naqshband va boshqalar yashab, ijod etdilar. Turli davrlarda bunyod etilgan o'nlab madrasalarda minglab tolibi ilmlar bilim olishdi.

Buxoro asrlar davomida nafaqat fan, ma'rifat, madaniyat va savdo munosabatlarining rivojlanganligi bilan, balki Turkistonning yirik ma'muriy markazi sifatida ham mashhur bo'lib keldi. O'z davrida bu shahar Zarafshon daryosi etaklaridagi qadimiy Eftalit va Buxorxudotlar davlatining (V —VIII asrlar), Somoniylar (IX— X asrlar), Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII —XVIII asrlar), Buxoro amirligi (XVIII —XX asrlar) va “Buxoro Xalk Sovet Respublikasi”ning (19201924) poytaxti bo'lgan.

Musulmon Sharqi fan, ma'rifat va ilo hiyotining rivojlanishiga qo'shgan salmoqli hissasi tufayli mumtoz o'rta asrlar musulmon olamida “ Qubbat ulislom” va “ Buxoro sharif” sifatida mashhur bo'lgan ana shu qadimgi shaharning yoshi haqida yaqin vaqtlargacha aniq ma'lumot yo'q edi. Bizgacha etib kelgan yozma manbalar tarixchilarga shahar yoshini aniq bel gilash imkonini bermadi. Buxoro jamoatchili gi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi rivoyatlarga asoslanib, shahar yoshi uch ming yil ekanini dalilsiz ta'kidlab kel di. Biroq chinakam tarix har tomonlama o'rga nilgan va ilmiy asoslangan ishonchli manba lardan olingan xolis dalilisbotlarga taya nadi.

Shahar tarixi bo'yicha ana shunday qimmatli yozma manbalardan biri Muhammad Narshaxiy­ ning “Buxoro tarixi” kitobidir. U arab ti lida yozilgan bo'lib, 1128 yilda farg'onalik muallif va tarjimon Abu Nasr Ahmad Qubo viy tomonidan forschaga o'girilgan va to'ldi rilgan. Tarjimonning ta'kidlashicha: “Muxam­ mad ibn Ja'far Narshaxiy" bu faslni (ya'ni Buxoro shahrining paydo bo'lishi haqidagi bob­ in. — Muh.) o'z kitobida keltirmagan.

Ahmad Quboviyning so'zlariga ko'ra, bu bob o'rta asr muallifi Abulxasan Nishopuriyning biz ning kunlargacha etib kelmagan “ Xazoyin ul-ulum” (Bilimlar xazinasi) kitobidan olin­ gan. Bu bobda Abulhasan Nishopuriy Buxoro vohasi vujudga kelishining tarixiygeografik jarayonini, uning landshafti, gidrografiyasi, hayvonot olamini, bu erda ovchilik, baliq ov lash xo'jaligi va dehqonchilikning paydo bo'lishini, shuningdek, bo'lg'usi Buxoroning aholisi qay tomondan kelib o'rnashganligini mohirona ifoda etadi.

Nishopuriyning ma'lumotiga Karaganda, o'simlik va ov hayvonlari serobligiga qiziqqan odamlar bu erga Turkis ton tomondan ko'plab kela boshlashgan, natija da bu er obodonlashgan. O'sha zamonlarda shaharning o'zi xali yo'q bo'lsada, lekin Nur, Harqonrud, Vardona, Tarovcha, Safna, Isvona va boshqa qishloqlar vujudga kelgan.

Buxoro tarixi” da Buxoro hududining o'zlashtirilishi qay tomondan kechganligi bayon qilinib, dastlabki qurilish ishlarining ta rixiy manzarasi aks ettiriladi. Bo'lg'usi shahar qad ko'taradigan erga ko'chib kelgan kishilar dastlab chodir va o'tovlarda yashashgan, keyincha lik, vaqt o'tishi bilan o'zlari bunyod etgan uy larda istiqomat qilishgan.

Abulhasan Nishopuriy Buxoro Arki quri lishini Eronning afsonaviy shahzodasi Siyo vush nomi bilan bog'laydi. O'z otasidan qochgan Siyovush ibn Kaykovus Jayhun daryosini kechib o'tib, Afrosiyob huzuriga kelgan. U shahzodani yaxshi qarshi olib, o'z qizini unga xotinlikka beradi va hatto unga Buxoro viloyatidagi er larni mulk sifatida in'om qiladi

Bu er unga juda yoqqanligidan Siyovush Buxoro qal'asini qurishga kirishib, ko'p vaqtini shu erda o'tkazadi. Lekin kimningdir tomonidan qilingan g'alamislik tufayli janjal chiqib, Afrosiyob Siyovushni o'ldiradi. U ni qal'a — Arkning sharqiy darvozasi—“Darvozai g'uriyon”, ya'ni “pichanfurushlar darvozasiga" kiraverishda dafn qiladi.Narshaxiyning hikoya qilishicha, Siyovush o'ldirilganidan keyin uning o'g'li Kayxusrav, otasining hunini olish maqsadida katta lashkar to'plab Buxoro viloyatiga yo'l oladi. Afrosiyob Romitan qal'asiga yashirinadi, Kayxusrav qal'a ro'parasida Romush qasabasini qurib, qal'ani ikki yil qamal qiladi. Nihoyat, Kayxusrav Afrosiyobni qo'lga tushirib, uni o'ldiradi. Turonning ana shu afsonaviy hukmdori Buxoroning Ma'bad darvozasi yaqinidagi Hoji Imom Abu Xafs Kabir tepaligiga dafn etildi. “Bu gaplar bo'lganiga, — deb yozadi Narshaxiy,—hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o'tdi". Buxoro yoshiga doyr bunday afsonaviy ma'lumotlar Narshaxiy asarining boshqa sahifalarida ham mavjud. Ushbu muallifning so'zlariga Karaganda, Siyovush o'limidan keyin Buxoro aholisi uning xotirasi uchun “Kini Siyovush” — “Siyovush jangi” deb ataluvchi motam qasidasini kuylagan. Narshaxiy bu voqealarga “uch ming yil bo'lgan” deb ikkinchi marta takrorlaydi.

Shunday qilib, Narshaxiy “Buxoro tarixi”da keltirgan ma'lumotlarga ko'ra, Buxoro va Romitanni Afrosiyob, Buxoro Arkini Siyovush, Romush qasabasini Siyovushning o'g'li Kayxusrav bunyod ettirgan.

Ayni paytda, yaratilgan bu noyob asarda ikki marta keltiril- gan ma'lumotlarni tahlil etib, as.os sifatida oladigan bo'lsak, Buxoro Arki 4000 yil ilga- ri qurilgan, Buxoro yoshi esa, buxoroliklar mudom ta'kidlab kelganidek uch ming yil emas, balki to'rt ming yil bo'lib chiqadi.

Gap Buxoro shaxrining vujudga kelishi xu- susida borganligidan, Narshaxiy kitobida kel- tirilgan yana bir muhim dalilga e'tibor ber- mok zarur. Unda hali Buxoro shahar sifatida shakllanmay, balki yuqorida tilga olingani- dek dastlabki turarjoylar vujudga kela bosh- lagan davr bayon etiladi. Uning: «Xalq ko'paygach, bir kishini saylab amir qildilar, uning nomi Abruy edi” degan, ma'lumoti- ga ko'ra Buxoroning birinchi hukmdorini Ab­ ruy deb ataganlar. Ayni vaqtda Abruy — Af- rosiyob yoki Siyovush singari afsonavpy emas, balki tarnxiy shaxe ekanligi aniqlandi. Man- balarda keltirilishicha, VI asrrning 80-yillarida u Poykandda mulkdorlar hokpmiyatiga qarshi xal k qo'zg'oloniga boshchilik qilgan. Qo'zg'olonni bostirish uchun Buxoro va Poykand dexkon — er egalari turk xoqoni Qoracho'rpnga yordam so'rab murojaat qilishgan. Qoracho'pon o'z o'g'li Sherikishvar boshchiligida Buxoroga katta lashkar yubordi. 586 yili qo'zg'olon bos- tirilib, Abruy o'ldirildi.



Narshaxiyning shohidlik berishicha, Sheri­ kishvar Buxoro shahristonnni, Mamostin, Sax- matin, Samtin va Farob qasabalarini qurdi- radi. Binobarin, agar Narshaxiyning yuqorida keltirilgan ma'lumotlariga asosla- niladigan bo'lsa, Buxoro yoshi 4000 ham va 3000 ham emas, balki 1400 yildan sal ko'proqdir. Bu Narshaxiyning “ Buxoro tarixi” kitobida Buxoro shahriga asos solingan vaqt haqida bir- biriga zid ikki xil sana keltirilganligidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan Buxoro vohasining o'zlashtirilishi haqida Narshaxiy keltirgan yana bir ma'lumotga e'tiborni jalb qilmoq- chimiz. Muallif o'z asarida shahar atrofida ayrim qasabalar qurilganligini bayon etar ekan, Vardona, Varaxsha, Poykand, Romush va Romi- tan kabi yirik qasabalar “ Buxorodan qadi- miyroq”ligini (9) ta'kidlaydi. Narshaxiyning yozishicha, Vardona kuhandiz (ark), katta va mustahkam hisorga (ichki shaharga) ega bo'lgan. Bu erda azaldan vardanxudot-hukmdorlar istiqomat qilishgan. Vardona Buxoro shahridan ilgarp paydo bo'lgan. U Sosoniylar sulolasi- dan bo'lgan shaxzoda Shopur-Xusrav I (531 - 578) tomonpdan qurilib, Turkiston chegarasida joy- lashgan. Vardona qasabasining xarobalari tepaliklar tarzida bizning kunlargacha saqla- nib qolgan. Hozir u Qo'rg'oni Vardonze nomi bilan ma'lum. Shunday qilib, Narshaxiyning “ Buxoro tarixi” kitobida keltirilgan “ Bu­ xorodan qadimiyroq” bo'lgan Vardona ham mi- lodning VI asrida barpo etilgan.

Hukmdorlarning qarorgohlari Vardonadan tashqari, Varaxsha va Poykandda ham bo'lgan. «Shoh istiqomat qil- gan katta qasaba Poykand edi». “ Qal'ai Dabu- siy” shahar deb yuritilgan. “ Ba'zi kitoblar- da Romitan Buxoro deb atalgan”ligi haqida xam ma'lumotlar bor. “Bu qishloq qadimgi davrlarda hukmdorlar istiqomat qiladigan joy bo'lgan; Buxoro shahri paydo bo'lganidan ke- yin esa, hukmdorlar qishloqda faqat qish mav- sumidagina istiqomat qilishgan. Ular pslom davlatiga o'tganlaridan keyin ham shunday bo'lgan” (11). Narshaxiy ma'lumotlarini tahlil qilar ekanmiz, qadimda Romitan qal'a, ehtimol, Buxoro deb atalganligini taxmin qilish mumkin.

Xullas, Narshaxiy kitobida tilga olingan Buxoro shahrining yoshi haqidagn bir-birini inkor etuvchi qarama-qarshi sanalar, shuning- dek Vardona, Poykand, Romitan, Varaxsha va Romush singari yirik qasabalar kim tomoni- dan, va qachon bunyod etplgani (Buxoro shaxri paydo bo'lguniga qadar) haqidagi ma'lumotlar, ko'pincha xalq og'zaki ijodiyotida mavjud bo'lgan afsonalarga asoslangan. Bunday qimmatli man- bada mavjud bo'lgan haqiqatga yaqin tarixiy ma'lumotlar milodiy VI asr bilan cheklangan- ligidan kelib chiqib shuni tasdiqlash mumkin- ki, “ Buxoro tarixi”ning muallifi shahar ta- rixining ancha qadimiy qatlami, shuningdek, tabiiy, Buxoro shahrining yoshi haqida aniq tasavvurga ega bo'lmagan.

Bu masalani Buxoro va vohaning bpzning kunlarimizga qadar saqlanib qolgan Vardona, Poykand, Varaxsha, Romitan va Romush qasaba- lari singari boshqa qadimiy shahar xarobala- rini arxeologik o'rganish asosidagina hal etish imkoni tug'ildi.

Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik o`rtalarida asos solingan.

Buxoro tarixi va Buxoroga virtual sayohat.


Izohlar