Vatanimni madh etib…

Qo’lda mag’rur tutgan qalamim

Tinchligingdan bersa gar darak,

Har bitgan u so’zimda mening

Muhabbat-u tafting bor demak.

Vatan, mehring siymosida men

Har on ko’rgum onam mehrini,

Uzoq ketib sog’inch o’rtasa

Shamollarga aytgum ismingni.

O’zbekiston sen asli sharqning

Duronasi, gavhari o’zing,

Ajdodlarga o’lim bermagan

Dostonlarda, har dilda so’zing.

Sen Naqshband ko’zida bir oy

Har zuhroni layli qilguvchi,

Kubro misli fozil farzanding

Shahilikni sharaf bilguvchi.

Mir Alisher har qatrasida

Shu zaminni bilib yagona,

Satrlarda so’z gavharidan

Yurtim, senga terdi marjona.

O’tmishingda jo buyuk hikmat,

Qadimdan bor elda birdamlik,

Qo’lin ochsa gar nuroniy zot

Duosida bor shukronalik.

G’animatim, mohimsan onam

Qarog’ingda ko’rmayin qayg’u

Vatan, gar to abad yashasang

Misli onam barhayot, mangu!


*****


Kipriklarda qolib ketgan u,

Ardog'imsan, quvonchim, vatan.

Cho'lponlarin qo'msab yig'lagan ,

Mushtiparim, hamrozim vatan.

Nola qilsa tog'dagi lolang,

Bag'ring tilib qiynalar qalbing.

Yov qo'lida qolsa gar bolang,

Faryod chekib tugaydi sabring.

Vatan, menga sen misli bahor,

Har tongila hursand qilguvchi.

Sen bir sohil bag'rida ummon,

Har to'lqini senga eltguvchi.

Tarovat-u husning bilan, sen

Rom qilgansan yetti iqlimni.

Hur shamoling quchog'ida men,

Ilhom olib bittim ismingni.


Vatanga bo'lgan mehr muhabbatimni so'zlarimni saralab qog'ozga bittim


Izohlar