VATAN

Zakovat tog’ining narvoni vatan,

Marifat karvonin sarboni vatan.

Bosh egay bu o’lka qoshida chunki,

Bu dunyo ravzayi rizvoni Vatan.

Buyuklar maskani boshlanur sendan,

Ajdodlar jon tani boshlanur sendan.

Ular sanog’i-chun bir umr yetmas,

Ulug’lar vatani boshlanur sendan.

Hisob ilmi ichra sulton Xorazmiy,

Farobiy olgan nom “muallim soniy”

Beruniy, Buxoriy kabi farzanding,

Hakim Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy.

To’maris,Shiroqlar ozodlik ramzi,

Ulug’bek,Temurlar obodlik ramzi.

Navoiy, Boburing “ahli she’r” uchun,

Butun bir dunyoga ustodlik ramzi.

Bobolar izidan otlandi Cho’lpon,

Shu yo’ldan bordilar Qodiriy, Usmon.

Lek manzilga yetmay yutdi ularni,

“Sho’ro” deb atalgan qattol bir ilon.

Ko’ksing yotar to’lib shahid tanlarga

Erkinlik,hurlik deb qon yutganlarga

Kulbang tor bo’lsada keng bag’ring ochding

Urush deb qiynalgan minglab jonlarga.

Seni otam deyman otamsan Vatan,

Seni onam deyman onamsan Vatan.

So’zlari purmano dono bobomsan

Seni momom deyman momomsan Vatan!

Vatan muqaddasdir, Vatan bittadir


Izohlar