Terrorizm, javobsiz qolgan savollarim...

Bu ne savdo, bu ne qatli om?

Qo’lda qilich, jigarin so’ysa.

Ota-ona umidi farzand,

Bu kun bir et, ruhsiz uyg’onsa.

Yohud dunyo bo’lib teskari,

Razolatga bo’shattimi yo’l?

Vatan gullatgan baxt chamani,

Mal’unlar-la bo’ldi qatra cho’l.

Musulmonmiz ey, ahli inson,

Nechun iymon erkin sotasiz?

Qonxo’rlik - bu oxir intiqom,

Bir kun siz ham jonsiz yotasiz.

Va bariga iqror bo’lgandek,

So’rarsiz ham Tangridan siz avf.

Ammo, biling nohaq bandasin,

Zo’rlagandan kechar Tangri haq.

O’zganing bir norasidasin

Ko’ksiga tig’ urishdan oldin,

Dilbandingni ko’zlariga boq,

Yasharmi u, sendan baxtliroq…

Terrorizmga, bugungi kunda barcha uchun birdek xavf solayotgan urushga qarshimiz!


Izohlar