Men uchun qadrdon MEHR!


Vatan… Menga savol berishdi, sen uchun Vatan nima? Uni qanday ta'riflaysan? Bir zumda hayolimga judayam qadrdon, yoqimli his keldiyu, hayajondan yuragim guppillab ketdi. Vatanni ta'riflash – bu juda qiyin, juda ma'suliyatli vazifa ekanini shu onda sezdim. Qani endi mashxur shoir bo'lsamu, Vatanimni go'zal, hech kim keltirmagan o'hshatishlar, jumlalar bilan maqtab qasidalar, g'azallar yozardim. Qani endi mashxur rassom bo'lsamu, Vatanimni oddiy dalasini, musaffo osmonini, hotirjamlik rasmini chizardim va (olamga) mening Vatanimga o'hshang! – deya hammaga jar solardim. Yoki mashxur qo'shiqchi, mashxur bastakor bo'lsam, sehrli ohanglar bilan Vatanimni madh etardim-ki, shimoldan to g'arbgacha mening kuyimni butun vujudi quloqqa aylanib tinglagan bo'lardilar.

Qiziq, nogiron insonlar qanday sezarkin Vatanni? O’yga tolaman, agar men kar, soqov va ko'r bo'lganimda qanday qilib ta'riflar edim Vatanni? Ko'zlari ochiq bo'lib Vatanning go'zalligini ko'rmaydiganlarni nima deyish mumkin? Onggi, salomatligi bisyor bo'lib, qulog'i eshitgan, zaboni bor insonlarning Vatanni tinglamasligi, uni anglamasligi bu jinoyatku…

Ko'zimni yumaman… Nogironlarga rahm-shavqat tuyg'usini o'zimda kuchli his qilish uchun bir zum ularning o'rniga o'zimni qo'ydim. Allohga shukurlar aytdimki, ular o'rnida vatanni yurak-yuragimdan his qildim. Mana, eng birinchi tandirdan eti uzilgan issiq non hidini sezdim, tanimni qadrdon iliqlik chulg'adi. So'ng, buvijonimni mahkam quchoqlaganimda keluvchi qalampirmunchoq hidi keldi burnimga, ko'zlarimga yosh qalqidi, ulkan mehr hidi edi bu! Keyin beshikda yotgan go'dak hidini esladim, bu ukalarimning barcha qiliqlarini yodga soldi, yuzimga tabassum yugurdi. Mana suv sepilganda keluvchi yer hidiga qorishgan rayhon va yalpiz hidi, yangi sog'ilgan sut hidiga qorishib ketdi.

Bunday iforni faqat O'zbekiston tomondan topaman, o'zga yurtlarda bunday iforni topolmaysiz do'stlarim! Yozning, bog' gullari, atirgul hidi, gilosdan qilinayotgan murabbolar hidi, bu mening bolaligimning serzavq hislari emasmi? Yoki palov hidi, men bu hidni eng qimmatbaho taom hidiga ham alishmayman. Bahorda keluvchi sumalak hidini, tog'dagi lolalar hidini yana nimaga taqqoslash mumkin? Kuz… Borliqni qoplagan go'zaning, hirmonning hidi, boshqa paxta ekuvchi davlatlarda ham shunday hid kelarmikin?...

Vatan hidi – men Vatanimning iforini qalbim bilan tuyib ulg'aydim. Zero hechqachon uni o'zga yurtning atir upalari hidiga alishmayman. Onamning qo'llaridan keluvchi hidni esladim, bir oz dag'al, lekin issiq bu qo'llarda faqat va faqat menga atalgan mehrni sezaman. Vatan ham bu men suyanishim mumkin bo'lgan ulkan mehr, faqat va faqat menga atalgan MEHRDIR!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi, Kholmatova Madinabonu


Izohlar
  • Juda ta'sirlanarli yozipsz. Maqolalar orasidan eng yoqqani ham shu böldi.

    yozilgan 17:07 01.04.2016
  • "Vatan ham bu men suyanishim mumkin bo'lgan ulkan mehr, faqat va faqat menga atalgan MEHRDIR!" Ajoyib

    yozilgan 20:17 27.03.2016
  • Internet ishlamagani un hazillashib qayta qayta bosgandim, komentlarimni soni kopayib ketibdi

    yozilgan 19:45 27.03.2016
  • Men siz uchun judaham xursandman. Ajoyib ish. Buni o'qigandan keyin odamning Vatanga mehri yana ham oshishi aniq. Tabriklayman.

    yozilgan 13:31 26.03.2016
  • Qoyil, Tan olish kerakki haqiqattan chiroyli chiqqan. Bu rost Bizning Davlatimiz dunyoda o'xshashi yoq davlatdur. Nimasi bilan degan savol tug'iladi?

    yozilgan 22:27 24.03.2016
  • Qoyil juda chiroyli tarzda tasvirlan huddi yosh bola uchun ona suti qaytarzda muhim bo'lsa o'z vatanini qadrlaydigan inson uchun ham bu fikrlar shund

    yozilgan 18:40 24.03.2016
  • Ajoyib! Aytilgan hamma mehrni men yoshligimda xis qilgan edim oqigandan kegin yana bir bor xar birini esladim va tushunib yettimki bu mehir men bn ekan xaliham

    yozilgan 16:15 24.03.2016