O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qildi. Muhtaram prezidentimiz o`z muojaatlarida xalqning turmush tarzini yanada yaxshilash, davlat organlari isg sifatini ko`tarish, chet el investitsiyasini Ozbekistonga olib kelish va boshqa muhim masalarga urg`u berib o`tdi.

Prezidentimiz o`tgan 25 yil ichida ro`y bermagan o`zgarishlar haqida to`xtalib inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligini gapirganlarida O`zbekistonni rivojlangan davlaatlae qatoriga olib chiqishni tezlashtirish va shunga mos rejalar tuzish haqida gapirgani shubhasiz.

«Juda katta marra olganmiz. 25 yilda qilinmagan ishlar marrasini olganmiz. Bizning siyosatda oyog'imizga kishan bo'lgan bitta masala bor – noreal raqamlar ortidan quvish. Endi amaliy natijadorlik, inson manfaatlari islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. Darrov bir yilda hamma narsani qilib bo'lmaydi. Buni bilimli, ilmli odamlar qiladi. Oltin valyuta zaxiralari bir yilda 1,1 mlrd. dollarga ko'paydi. Ko'paygani davlatimiz qudratidan dalolat», — dedi prezident.

2018 yilning nomlanishi ham kutilgan voqea bo`ldi. Har yili Konstitutsiya kuni arafasida yilga nom berilardi, bu yil esa bu anana kechikkandek edi go`yo. Buning sababi qilib yangi yilda asosan nimalarga ko`proq etibor qaratish kerak, kimlarga imkoniyatlar berilshi kerakligi, yurtimiz rivojiga, hamyurtlarmiz turmush darajasini oshirish uchun qanday maqsadlar va aniq rejalar talab qilinishi haqida chuqur o`ylangan.

«Yilga nom qo'yishda juda ko'p o'yladim. Chunki bu nomlar faqat ko'chaga chiroyli qilib yozib qo'yish uchun emas, kelgusida, albatta, qandaydir natija berishi kerak. Men yangi — 2018 yilga yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili», deb nom berishni taklif etaman. Yangi fikr, g'oya, innovatsiya bo'lmasa, kelajakda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilishi kerak», — dedi prezident.

Axborot kommunikatsiya sohasida yuqori malakali yetuk bilimga ega bo`lgan yosh, g`ayratli kadrlarning mavjudligi bu zmon talabidir. Hozirda yurtimizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko'rsatmoqda. O'z-o'zidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. Afsuski, bunday keng ko'lamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy o'quv yurti mamlakatimizda mavjud emas. Nodavlat OAV, internet saytlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat jamg'armasini tuzish va jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish haqida prezidentimiz takidlab o`tdilar.


Комментарии