Hazrati imom majmuasi, Hastimom —Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (1620-asrlar). Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va me’moriy yodgorlik majmuasi Hazrati imom nomi bilan ataladi. 16-asrda majmua tarkibida sayrgoh bog’ barpo etilgan, ayvonlar qurilgan, hovuz atrofi ko’kalamzorlashtirilgan, xalq sayillari o’tkazilgan. 19-asr o’rtalarida Toshkent namozgohi (Tillashayx masjidi), Mo’yi Muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) bunyod etilgan. 20-asr boshlarida Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Eshon Boboxon ham shu joyda dafn etilgan. Hazrati Imom majmuasida O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.

Hazrati Imom majmuasi Toshkent shahridagi mashhur me’moriy yodgorliklardan biridir. Ushbu majmua XVI — XX asrlarda Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil al — Qaffol SHoshiy qabri atrofida shakllangan. XV asr oxiri XVI asr boshlarida barpo etilgan Baroqxon madrasasi ham ushbu majmuaning tarkibiga kirib, u bu yerda mavjud bo’lgan ikki maqbara ustiga qurilgan. Katta maqbarada Toshkent hokimlaridan bo’lgan Suyunchxo’jaxon, kichik maqbarada esa Baroqxon qabrlari joylashgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoq rang — barang g’ishtchalar bilan qoplangan. Madrasaning 22 metrli gumbazi 1868 — yildagi zilzila oqibatida zararko’rgan. 40 -60 — yillarda madrasa bir necha marta ta’mirlangan. Madrasa bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. 1579 — yilda Abdullaxon II mablag’iga Shayx Boboxoji maqbarasi qurilgan. Bu qo’sh uslubidagi maqbara bugunga qadar saqlanmagan.
1845 — 1867 — yillarda Namozgoh majidi, 1856 — 1857 — yillarda Mo’yi muborak madrasasi Jome’ masjidi, Tillashayx masjidi qurilgan. Majmuaga kiruvchi ayrim binolar qurilishi XX asr boshlarida qadar davom etgan.Majmua tarkibidagi Tillashayx masjidi XX asr boshlarida qayta qurilgan. Hazrati Imom majmuasi sovet davrida mutlaqo qarovsiz qolib, undagi barcha masjidlar yopib qo’yilib madrasa faoliyati to’xtatib qo’yiladi.

Masjid buyuk vatandoshimiz Abu Bakr Qaffol Shoshiy nomi bilan atalgan. Zamondoshlari "Hazrati Imom" deb ulug‘lagan bu zotning asl ismlari Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiydir. Bu zot hijriy 291 va melodiy 903 yil qadim Shoshda tavallud topgan bo‘lib, bolaligi va yoshligi shu yerda o‘tgan. Abul Xaysam Said qo‘lida tahsil olganlar. Abul Xaysam muhaddislar orasida katta rutbaga ega bo‘lib, arab davlatlari, Eron, Hindiston ulamolarining ham ustozi edi. "Vafayotul a’yon" kitobining muallifi Ibn Xallikon Qaffol Shoshiy haqida: "Bu zot o‘z davrining eng buyuk allomasi: fiqhshunos, muxaddis, tilshunos, mufassir va shoir bo‘lib, ilm bobida yuqori pog‘onada turar, Movarounnahrda Shofeiy mazhabini u kabi puxta biladigan odam yo‘q edi" deb yozadi. Shuningdek, Qaffol Shoshiyning tug‘ilgan joyini aniqlab: “Shoshiy” Sayxun daryosi orasida joylashgan Shoshga nisbatdur. Bu yerda ko‘p olimlar yetishib chiqqan va ijod etgan. Mazkur Qaffol Shoshiy Marvda yashagan Qaffol emas, balki Shoshda (Toshkentda) yashagan olim", deydi. Tarixchi Yokut Xamaviy ham "Mu’jamul buldon" kitobidan: "Ray viloyatida Shosh nomli bir qishloq bor, Lekin u ulug‘ kishilari bilan shuhrat qozonmagan. Ulug‘ olim va din arboblari yetishib chiqqan Shosh Sayxun daryosi orasida joylashgan shahardir", deb ma’lumot beradi.

Faqat mustaqilligimizdan so’ngina ushbu majmua tom manoda o’z obro’ mavqeyini qayta tikladi.Majmua mamlakatimiz prizidenti I.Karimov tashabbusi va rahbarligida 2007-yili qayta qurilib, o’zining yangi muhtasham ko’rinishiga ega bo’ldi.

Xazrati Imomning yangi ko‘rinishi qadimiy an’analar asosida yaratilgan bo‘lib, u ikki gumbaz va ikki minoradan iborat. O‘ng minora xorazmlik ustalar, chap minora samarqandlik hunarmandlar tomonidan bunyod etilgan. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan.

Hozirda ish yuritayotgan shaxslar:

Imom-xatib - O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov

Imom noibi - Abdurazzoqov Habibulla Sadriddinovich

Imom noibi - Baxromov Muxammadabdullo Abdurashidovich

Imom noibi - Sayfuddinov Abror Aliakbar o‘g‘li

Xastimom dahasida juda qisqa muddatda, olti oy davomida katta qurilish – ta’mirlash ishlari qilingani va natijada muhtasham Hazrati Imom majmuasi bunyod bo‘lgani ham bu oliy maqom bejiz berilmaganini, Toshkent va toshkentliklar bu sharafga munosib ekanini ko‘rsatib turibdi.

Majmuani obod qilishda uning tarkibidagi ko‘hna yodgorliklarning barchasini asl holida qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilib, yangi barpo etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hazrati Imom jome masjidi, ikki ulkan minora, “Istiqlol” mahalla guzari va boshqa inshootlar shu tarixiy binolarga har tomonlama uyg‘un holda, sharqona me’moriy uslub va zamonaviy shart sharoitlarga ega holda barpo etildi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan to‘rt oy muddatda bunyod bo‘lgan Hazrati Imom jome masjidi Qorasaroy ko‘chasining Xastimom dahasi hududida, Eski Jo‘va bozori tomonidan kelishda yo‘lning g‘arb tarafida joylashgan. U ikki minorali qo‘sh gumbazli ulkan inshootdir. Jome masjid nafaqat poytaxtimizda, balki yurtimizdagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi. Unda bir paytda ayvoni bilan qo‘shib hisoblansa, besh mingdan ortiq kishi namoz o‘qiy oladi.

Xonaqohning uzunligi 77 metr, eni esa 22 metr, mehrobi bilan qo‘shib hisoblansa, 24 metr keladi. Qanotlari ham bo‘yiga 35, eniga 25 metr kattalikda. E’tiborli jihati shundaki, masjidning shunday katta xonaqohi ustunsiz ko‘tarilgan. Masjidning ikki tomonida osmonga bo‘y cho‘zgan minoralarning balandligi 57 metr. O‘ng minora xorazmlik ustalar, chap minora esa samarqandlik ustalar tomonidan barpo etildi. Minoralarning biri 26 kunda, ikkinchisi 28 kunda qurib bitkazildi. Bu minoralar alohida maktablarga ega minorasozlarning mumtoz uslublari uyg‘unlashgan holda tiklandi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Qaffol Shoshiy vafoti davrida hozirgi maqbaraga o‘xshash qurilmani qoraxoniylar g‘ishtdan tiklashgan. Mo‘g‘ullar iste’losi davrida vayronaga aylangan maqbarani Sohibqiron Amir Temur XIV asrda qaytadan bunyod etgan. Hozirgi yodgorlikning zamin qismlari X-XI asrlarga, yuqori qismi esa XIV-XVI asrlarga xos bo‘lib, Samarqand uslubida qurilgan. Baroqxon madrasasi 1502-1770 yillar oraligida bosqichma-bosqich qurilgan, keyin yaxlit bir imorat shaklini olgan. Qadimshunoslar asosan uch bosqichda qurilganini aniqlashgan. Binoning birinchi bo‘lagi bosh peshtoqning chap tarafidagi noma’lum maqbaradir. Uslubi samarqandcha, XIV asr ikkinchi yarmida tiklangan. Ikkinchi bo‘lagi 1531-1532 yillari qurib bitkazilgan.


Комментарии