Sog`lom turmush tarzi-salomatli garovi

Sog`lom turmush tarzi -salomatlik

garovi


Ushbu uslubiy qo`llanma insoniyatning aqliy va jismoniy kamoloti kushandasi hisoblangan psixoaktiv moddalar haqida.

Qo`llanmada narkotik va spirtli ichimliklar, nos, tamaki va asr vabosi bo`lgan OITS xastaligini kelib chiqishi va oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Berilgan ma'lumotlardan barcha ta'lim tarbiya muassasa xodimlari o`z ish faoliyatlari davomida foydalanishlari mumkin.

Kelajagdagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun barkamol, vatanparvar, yuksak madaniyatli, ma'naviy qadriyatlarni tarbiyalashimiz lozim.

Ham jismonan, ham ma'naviy sog`lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqazosidir. Prezidentimiz Islom Abdug`anievich ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta'lim-tarbiya berish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi". Bu esa, barcha tashkilotlarning xamkorlikdagi faoliyati, kuch-qudrati, zakovati va yoshlarga sog`lom turmush tarzi tamoillarini singdirish orqaligina amalga oshirish muqarrar.

O`zbekiston Respublikasi inson salomatligi haqida qancha g`amxo`rlik qilishiga qaramasdan, yoshlar orasida zararli hisoblangan psixoaktiv moddalarni ( narkotik va spirtli ichimliklar, nos, tamaki, nasha) iste'mol qilish holatlari uchrab turibdi.

Sog`lom turmush tarzi-salomatli garovi


Комментарии