ALISHER NAVOIY - G’AZAL MULKINING SULTONI

Buyuk gumanist shoirimiz faoliyati va ijodiga
teran nazar tashlasak, uning dahosi
ijtimoiy hayotning mafkura va madaniyatning
barcha sohalarini qamrab olganidan
hayratga tushamiz.

(Islom Karimov)

Ulug‘ donishmand, mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ulug’ lirk shoir edi. U Xisrav Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy, Xorazimiy, Sayfi Saroiy, Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi dunyo adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi hamda o’z adabiy maktabini shakllantira oldi. Navoiy badiiy adabiyotning hayotga, jamiyat ehtiyojlariga xizmat qilishi uchun kurashdi. U lirik poeziyaning g’oyaviy motivlari va obrazlari sestemasini boyitdi va o’zining cho’qqisiga yetkaza oldi. Alisher Navoiy o’zidan juda katta va boy lirik meros qoldirdi. Uning 45 ming misraga yaqin “Xazoyinul-maoniy”(Ma’nolar xazinasi) hamda 12 ming misradan ziyod fors-tojik tillaridagi she’rlarini o’z ichiga olgan “Devoni Foniy” devonlari nafaqat o’zbek adabiyoti, balki dunyo mumtoz adabiyoti xazinasini nodir asarlar bilan boyitdi.

Navoiy bitgan har bir misra insonning tuyg’u-kechinmalarining tub-tubigacha yetib borishi bilan yuksak qadrlanadi. Uning yaratgan asarlari, mumtoz g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuqari har bir kishining ma’naviy oziqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida g’ayrioddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuyg’ulari tarannum etilgan.

Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh… .

O’zing o’n ikki ming bayt she’rini shu birgina baytga almashmoqchi bo’lgan Mavlono Lutfiy ham hazrat Navoiyning iste’dodiga lol qoladi va uning buyuk, porloq kelajagiga ishonadi. Lutfiyning bashorati amalga oshdi ya’ni Alisher Navoiy g’azal mulkining sultoniga aylandi.

Har yili 9-fevral kuni ulug’ Navoiyning tavallud ayyomi bizning serquyosh diyorimizda hamisha katta hozirliklar bilan nishonlanadi. Bu, albatta, xalqimizning ajdodlar xotirasini ardoqlashi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashi, ma’naviyatining yuksakligi, she’riyat, adabiyot bilan hamnafas yashashining yana bir dalilidir. Istiqlol yillarida hazrat Navoiy ijodi, uning boy adabiy merosidan keng foydalanishga katta etibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya bobida uning dahosiga murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Navoiyning asarlarida ezgulik, vatanparvarlik, mardlik, xayr-saxovat kabi fazilatlar hamisha yetakchi o‘ringa qo’yilgan. Haqiqatan ham, Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi va XV asr o‘zbek mumtoz adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ siymodir.


Izohlar