Yurtim senga bo’lgan mehrimni,

Madh aylagan kuylarimdan bil.

Ishqim tilda tug’yon aylagan,

So’zlarimdan, baytlarimdan bil.

Faxrim, mening sharafim shonim,

Tengi yo’g’im olamda o’zing.

Tolmas aslo takrorlab mehrin,

Muxabbatin, men sodiq qizing.

Muqaddasim obod diyorim,

Ko’z tegmasin sarhadlaringga.

Bahor bo’lib yashnagin har vaqt,

Tumoring bo’lay baxtlaringga.

O’rgilayin yurtim sening,

G’oyat ko’rkam bog’laringdan.

Mehrim beray har jonzoting,

Tabiating zog’laringga ham.

Havas qilsa arzigulik,

Yosh avloding unyapti qara..

Hali butun dunyoga seni,

Dong’ing taratadi ming karra.

Borligingga aylab shukur,

Xizmatingda bizlar fidoyi.

Biz sen uchun birgina senga,

Qalqonmiz, ishonchmiz abadiy..


Izohlar
  • Рахмат жиян ))

    yozilgan 11:41 29.04.2016
  • maqolezi oqigandim, sh'er yozishizi bilb sizga qoyil qoldim, ijodizga omad tiliman

    yozilgan 01:37 02.04.2016
  • Adabiyot shinavandasi ana shunaqa ko'p qirrali bo'ladi, ham she'r, ham maqolaga qodir, omad sizga !

    yozilgan 00:29 02.04.2016
  • AJOYIB ! FARANGIZKHON !

    yozilgan 00:16 02.04.2016